Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:22

O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq "jiddiy muammolarga duch kelmoqda"


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Samarqanddagi toshqin paytida aholini evakuatsiya qilmoqda - aprel, 2020
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari Samarqanddagi toshqin paytida aholini evakuatsiya qilmoqda - aprel, 2020

O‘zbekiston duchor bo‘layotgan iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq jiddiy muammolar kelajakda yanada keskinlashishi mumkin.

Bu haqda "bne IntelliNews” nashri 12 - avgust kuni chop etilgan maqolasida yozmoqda.

Nashrning Toshkentdagi muxbiri Kler Nattollga ko‘ra, Orol dengizi fojiasi suv taqchilligi, tuproqning sho‘rlanishi va eroziyasi kabi jiddiy muammolarni yanada keskinlashtirayotgan. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda O‘zbekiston aholisining qariyb 20 foizi suv sho‘rlanishidan aziyat chekmoqda.

Osiyo taraqqiyot banki hamda Jahon banki hozirlagan hisobotga ko‘ra, 2090-yillarga borib O‘zbekistonda o‘rtacha harorati 1986–2005 - yillardagi ko‘rsatkichdan 4.8°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Hisobotda bashorat qilinishicha, kundalik maksimal va minimal haroratlar o‘rtacha haroratga qaraganda tezroq ko‘tarilib boradi. Bu esa iqlim o‘zgarishining inson salomatligi, turmush tarzi, gidrologik resurslar va ekotizimga ta’sirini yanada kuchaytirishi mumkin.

«Uzgidromet» instituti direktori o‘rinbosari Firuz Safarov “bne IntelliNews nashriga bergan intervyusida mamlakatda havo harorati juda tez ko‘tarilayotganini, 2050 - yilga borib 1.3°C dan 3°C gacha ko‘tarilishi kutilayotganini aytgan. O‘rtacha harorat Qoraqalpog‘istonda ayniqsa tez sur’at bilan o‘sib bormoqda.

Ўзбекистоннинг қатор ҳудудларида бўлган бўрон 140 мингга яқин хонадонни свет-газсиз қолдирди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:59 0:00

«Yog‘ingarchilik intensivligi deyarli o‘zgargani yo‘q, ammo oxirgi yillarda yog‘ingarchilik davomiyligi o‘zgardi», degan Safarov.

Safarovning so‘zlariga ko‘ra, bu holat iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga, jumladan, qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Safarov ob-havoni bashorat qilish mushkullashib borayotganini aytgan. Ayni damda Markaziy Osiyo so‘nggi 13 yil ichida kuzatilgan eng kuchli qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda. Qurg‘oqchilik tufayli nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni respublikalarda ham ekin va chorva mollari nobud bo‘lmoqda.

Xalqaro moliya institutlari va boshqa kuzatuvchilarning hisobotlarida qayd etilishicha, kelgusi yillarda mintaqada qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, ichimlik suvi tanqisligi, haddan tashqari issiq havo va boshqa muammolar kuchayib boradi.

«Iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida O‘zbekistonda qurg‘oqchilik, yuqori harorat, issiqlik to‘lqinlari, kuchli yog‘in-sochin, sellar, suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo‘lishi e’timoli oshadi», deyiladi Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki hisobotida.

Nattoll o‘z maqolasida 2050 - yilga qadar iqlimga ta’sirini neytrallashtirish majburiyatini o‘z bo‘yniga olgan O‘zbekiston rivojlanayotgan Osiyo davlatlari orasida ajralib turishini urg‘uladi.

Ammo mamlakat aholisi ko‘payib borar va o‘zbekistonliklarning turmush tarzi yaxshilanar ekan, energiyaga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Energetika vaziri o‘rinbosari Behzot Normatov “bne IntelliNews nashriga bergan intervyusida elektr energiyasiga bo‘lgan talab kuchaygan paytda elektr energiyasi tizimi arang bardosh berayotganini aytgan.

Жазирама: ўзбекистонликлар аномал иссиқда қандай жон сақламоқда?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:51 0:00

2020 - yil may oyida O‘zbekiston hukumati Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda “Corporate Solutions” ko‘magida kam uglerodli energiya strategiyasini ishlab chiqdi. Strategiyada aytilishicha, O‘zbekiston quyosh energiyasi, gidroenergiya va shamol kabi alternativ energiya manbalarini rivojlantiradi, shuningdek, AES quradi.

May oyida Vazirlar mahkamasi «2020–2030 - yillarda O‘zbekiston Respublikasini elektr energiya bilan ta’minlash konsepsiyasi»ni qabul qilgan edi. Strategiyada aholi va mamlakat iqtisodiyotining energiyaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida sohani tubdan isloh qilishga yo‘naltirilgani qayd etildi.

2019 - yildan beri O‘zbekistonda quyosh va shamol energiyasidan foydalanish ko‘lamini oshirish maqsadida mamlakat bo‘ylab ko‘plab loyiha e’lon qilindi. Shuningdek, mamlakat samarasiz bo‘lib qolgan va eskirgan gaz va energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda energiya tizimidagi yo‘qotishlarni kamaytirishga urinmoqda.

O‘zbekiston energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bilan bir vaqtda xo‘jaliklar orasida energiya samaradorligini oshirishga intilmoqda. Normatov bunga elektr bozorini liberallashtirish va aholi orasida tushuntirish ishlarini olib borish orqali erishish mumkinligini aytgan.

XS
SM
MD
LG