Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:20

“Oltin qafas”. Bayden Oq uydagi hayoti haqida so‘zlab berdi


AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda - 8 - fevral, 2021
AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda - 8 - fevral, 2021

AQSh prezidenti Jo Bayden davlat rahbari kursisiga o‘tirganidan beri to‘rt hafta o‘tgan bo‘lsa-da, Oq uyda yashashga hali to‘liq ko‘nikmaganini aytdi.

Prezident seshanba kuni CNN telekanaliga bergan intervyusida rasmiy qarorgohdagi hayoti haqida ochiq-oydin so‘zladi. 1600 Pensilvaniya shohko‘chasida joylashgan Oq uyni “oltin qafas”ga qiyoslagan sobiq prezidentlarga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ertalab uyqudan turaman va Jillga qarab “Biz qayerdamiz o‘zi?” deyman”, – deya hazil ohangida so‘z boshladi prezident.

Bayden xizmatkorlar yordamiga o‘rganmaganini ham qayd etdi. “Kostyumimni menga birovlar uzatishiga ko‘nikmaganman”, – dedi u.

Jo Bayden Pensilvaniya shtatidagi Skranton shahrida ishchilar oilasida ulg‘aygan. Prezident etib saylanishidan oldin Delaver shtati Uilmington shahridagi katta uyda istiqomat qilgan.

АҚШнинг янги сайланган президенти Жо Байден “бўлувчи эмас, бирлаштирувчи” бўлишга ваъда берди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:56 0:00

Oq uyda Vashington va Linkoln yodgorliklarini bemalol tomosha qilish mumkin bo‘lgan keng maysazor mavjud. Ammo qarorgohning qolgan qismlari ihotalagan, imorat atrofini muhofizlar sergaklik bilan qo‘riqlab turadi.

Baydenning aytishicha, Oq uyning prezident yashaydigan bo‘lagi vitse-prezident rezidensiyasidan “keskin farq qiladi”. 32 gektar hududni egallagan vitse-prezident qarorgohida omma e’tiboridan chetda suzish, sayr qilish va jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish mumkin.

Sobiq prezident Barak Obama davrida vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritgan Bayden bugunga qadar davlat rahbari o‘tiradigan ovalsimon kabinetda 100 marta yoki undan ham ko‘proq bo‘lgani, lekin Oq uyning yashash uchun mo‘ljallangan xonalariga biror marta kirmaganini bildirdi.

Bayden garchi Oq uyda yashashga butkul moslashmagan bo‘lsa-da, prezidentlik faoliyatiga to‘liq kirishib ketganini ta’kidladi.

“Gohida ish ko‘pligidan emas, balki voqea-hodisalar juda tez sodir bo‘layotganidan [to‘rt hafta emas], to‘rt yil o‘tgandek tuyuladi... Muntazam ravishda biror muammo yoki holatga bor e’tiboringizni qaratishingiz talab etiladi”, – deya so‘zini davom ettirdi davlat rahbari.

Bayden AQShning sobiq prezidentlari bilan telefon orqali suhbatlashganini tasdiqladi, ammo aynan kimlarga qo‘ng‘iroq qilganini ochiqlamadi.

“Aytgancha, ularning hammasi – faqat bittasidan tashqari – go‘shakni ko‘tarib javob berdi, qolaversa, o‘zlari ham menga qo‘ng‘iroq qilishdi”, – dedi Bayden.

XS
SM
MD
LG