Линклар

Шошилинч хабар
25 июн 2025, Тошкент вақти: 10:55

O‘shda Reuters agentligi muxbiriga hujum qilindi


Reutersning Qirg‘izistondagi muxbiri Hulkar Isomova
Reutersning Qirg‘izistondagi muxbiri Hulkar Isomova
Hujumga uchragan o‘shlik jurnalist Hulkar Isomova o‘zi va yaqinlari hayotiga tahdid kattaligidan xavotirda.

Reuters axborot agentligining Qirg‘izistondagi muxbiri Hulkar Isomovaga hujum qilingani to‘g‘risidagi xabar O‘shdagi manbalardan yetib kelganidan so‘ng biz jurnalistning o‘zi bilan bog‘landik.

16 may kuni tushdan keyin yuz bergan insident to‘g‘risida Hulkar Isomovaning o‘zi mana bularni aytib berdi:

- Shaharning “Aravanskaya” guzaridagi do‘konlardan biri oldida mashinamni to‘xtatishim bilanoq oldimga ancha yaxshi kiyingan 45-50 yoshlardagi ikki qirg‘iz ayoli kelib, meni haqoratlay boshlashdi. Ular baland ovozda meni “MezonTV”da ishlaganlikda, o‘tgan yilgi voqealarni (2010 yil, iyun voqealari – tahr.) keltirib chiqarganlikda, avtonomiya talab qilganlikda, Qodirjon Botirovga yaqinlikda ayblayvyerdilar. Ular meni yana o‘z xabarlarimda Qirg‘izistonni qoralashda aybladilar. Mashinamning nomerini yozib olishdi. O‘zingning ham, mashinangning ham hali dabdalasi chiqadi, deb tahdid qilishdi, dedi Hulkar Isomova.

Aytishicha, uni kaltaklanishdan magazin xavfsizlik xizmati xodimlari hamda militsionerlar borligi saqlab qolgan.

Hulkar Isomova yuz bergan voqea yuzasidan huquq-tartibot organlariga murojaat qilganini, biroq shunga qaramay o‘zi va yaqinlari hayoti uchun tahdid kattaligidan chuqur xavotirda ekanligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Hulkar Isomova o‘tgan yilgi iyun voqealaridan so‘ng Qirg‘izistonni tashlab chiqib ketishga majbur bo‘lgan millati o‘zbek jurnalistlar to‘g‘risidagi kuni kecha havoga uzatilgan eshittirishizda ishtirok etgan edi.

Eshittirishda u “Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi e‘lon qilgan qirg‘izistonlik qochqin o‘zbek jurnalistlar ro‘yxati to‘liq emasligi to‘g‘risida gapirgandi.

Otasi o‘zbek, onasi qirg‘iz, lekin pasportida qirg‘iz, deb yozilgan Hulkar Isomova O‘sh shahri va uning atrofidagi qishloqlar aholisiga "Mezon TV"ning o‘zbek jurnalisti sifatida tanilgan edi. Ikki yil muqaddam u Reutersga ishga o‘tgach¸ televideniyedagi faoliyatini to‘xtatgan.

O‘zining aytishicha, boshqa mustaqil o‘zbek jurnalistlariday Qirg‘izistonni tashlab chiqib ketmaganiga xalqaro axborot vositasida ishlashi ham sabab bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG