Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2025, Тошкент вақти: 13:50

Oskar mukofoti egalarini topdi


Tom Xuper (Tom Hooper) yilning eng yaxshi rejisori va u yaratgan "Qirol nutqi" (The King's Speech) filmi yilning eng yaxhsi filmi, deb e'lon qilindi.
Tom Xuper (Tom Hooper) yilning eng yaxshi rejisori va u yaratgan "Qirol nutqi" (The King's Speech) filmi yilning eng yaxhsi filmi, deb e'lon qilindi.
27 fevral kuni AQShning Los-Anjeles shahrida Amerika kino san‘ati akademiyasining Oskar mukofotlarini topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Oskar taqdimoti marosimi taniqli Gollivud aktyorlari Jeyms Franko (James Franco) va Anna Hetevey (Anne Hathaway) lar olib borishdi.

Eng yaxshi film nominatsiyasida “Oskar” haykalchasi uchun bu yil 10 film - “Ijtimoiy tarmoq” (The Social Network), “Qirol nutqi” (The Kings Speech), “Qora oqqush” (Black Swan), “Ibtido” (Inception), “Haqiqiy matonat” (True Grit), “Jangchi” (The Fighter), “127 soat” (127 hours), “Qish suyagi” (Winter's Bone), “Bolalardan xavotir bo‘lma” (The Kids Are All Right) hamda “O‘yinchoqlar sarguzashtlari 3” (Toy Story 3) filmlari kurashdi. Kutilganidek, 12 nominatsiyaga ilgari surilgan "Qirol nutqi" filmi "eng yaxshi film" nominatsiyasida g'olib chiqdi.

Oskar haykalchasiga eng asosiy da'vogarlaridan biri bo'lmish "Qirol nutqi" filmi jami bo'lib 4 haykalcha sovrindori bo'ldi. Kristofer Nolanning (Christopher Nolan) "Ibtido" filmi ham 4 Oskar sovrindori bo'ldi. Yoshlar orasida mashhur "Ijtimoiy tarmoq" filmi esa kutilmaganda asosiy nominatsiyalarda haykalchani boy berib, atigi uch quyi nominatsiyalarida g'olib chiqdi.

Kolin Firs (Colin Firth) "Qirol nutqi" filmidagi roli va Natali Portman (Natalie Portman) "Qora oqqush" filmidagi roli uchun yilning eng yaxshi aktyor va aktrisasi nominatsiyalari bo'yich go'lib deb topildilar. "Qirol nutqi" filmi rejisori Tom Xuper (Tom Hooper) yilning eng yaxhsi rejisori deb e'lon qilindi. Yilning eng yaxshi multfilmi deb "O'yinchoqlar sarguzashlari 3" filmi e'lon qilindi.
XS
SM
MD
LG