Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:49

O‘zbek liderlari O‘shdagi yarashuv jarayoniga kiritilishi kerak


O‘zbek jamoasining bir qator jiddiy ayblovlar bilan hozir qidiruvga berilgan yetakchisi Qodirjon Botirov.
O‘zbek jamoasining bir qator jiddiy ayblovlar bilan hozir qidiruvga berilgan yetakchisi Qodirjon Botirov.
O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari faollari tuzgan “O‘sh tashabbusi guruhi” Qirg‘izistondagi milliy yarashuv jarayonlariga o‘zbek jamoasi yetakchilari kiritilishi kerak, deb bayonot tarqatdi.

Guruh faollaridan biri Suhrobjon Ismoilov xorij davlatlari ishtirokida boshlangan bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun guruh kiritgan takliflardan ba‘zilarini tilga oldi.

- Qirg‘iziston hukumati o‘zbek liderlari ustidan ochilgan jinoyat ishlarini to‘xtatib, millatlararo ishonchni qayta tiklash uchun o‘zbek jamoalari yetakchilarini yarashuv bo‘yicha muzokaralarga kirishuvchi tomonlar sifatida tan olishi lozim, dedi guruhi faollaridan biri hamda Ekspert ishchi guruhi yetakchisi Suhrob Ismoilov edi.

Ushbu guruh o‘z bayonotida 2010 yil iyunida Qirg‘iziston janubida amalga oshirilgan zo‘ravonliklar sabablarini o‘rgangan Xalqaro komissiya hisobotini xolis va ob‘ektiv hisobotdir, deb qayd etdi.
XS
SM
MD
LG