Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:15

O‘zbekiston iqtisodi erkin bo‘lmagan davlatlar qatoridan joy oldi


Heritage Foundation tashkiloti har yili e‘lon qiladigan “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ning 2010 yilgi ro‘yxatida O‘zbekiston 179 davlat orasida 163chi o‘rinni egalladi. 2009 yilda O‘zbekiston bu reytingda 148 o‘rinda edi.

Iqtisodiy erkinlikni targ‘ib etuvchi Heritage Foundation “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ni 10ta asosiy omil, jumldan beznes yuritish, savdo, sarmoya, valyuta erkinliklari hamda davlatning biznesga aralashuvi, korrupsiya darajasi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyo davlatlari iqtisodlariga baho beriladi.

“Iqtisodiy erkinlik indeksi”ning 2010 yilgi to'liq ro‘yxati bilan bu erda tanishing
O‘zbekiston 2010 yilgi reytingda 10ta ko‘rsatkichdan ikkitasi bo‘yicha ijobiy, yettitasida salbiy natija ko‘rsatgan. Moliyaviy erkinlik ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qolgan.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, iqstiodning aksar sohalarida davlat aralashuvi, islohotlarning amalga oshirilmayotgani va korrupsiyaning chuqur ildiz otgani bois O‘zbekiston dunyoning iqtisodi erkin bo‘lmagan davlatlar ro‘yhatida qolmoqda.

2010 yilgi reytingdagi O‘zbekistonning 10ta ko'rsatkichi bilan tanishing:


O‘zbekistondagi biznes muhiti samarasiz va og‘ir bo‘lgani tufayli tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiga foyda keltirishi o‘ta cheklangan, deyiladi hsibotda.

2010 yilgi “Iqtisodiy erkinlik indeksi”ning birinchi beshligidan Hong Kong, Singapur, Avstraliya, Yangi Zelanidiya va Shvyeysariya joy olgan.
XS
SM
MD
LG