Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:07

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Xitoyga bordi


26 may kuni Xitoyga qilgan safari davomida O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Xitoy Jamoatchilik xavfsizligi vaziri Men Szyanchjou bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Sinxua agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida ikkala vazir xalqaro jinoyatchilik va xodimlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvini kuchaytirish haqida so‘zlashgan.

Uchrashuv so‘nggida Xitoy Xavfsizlik xalq jamoatchilik univyersiteti va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasi o‘rtasida hamkorlikka oid memorandum imzolangani xabar qilinmoqda.

O‘zbekiston IIV vaziri Bahodir Matlyubovning Xitoyga safari bu davlatga prezident Islom Karimovning davlat tashrifidan bir oy o‘tib amalga oshirildi.
XS
SM
MD
LG