Линклар

Шошилинч хабар
11 октябр 2024, Тошкент вақти: 20:32

O‘zbekiston yangi rusumli avtomobil ishlab chiqarishni boshladi


Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodida shartli ravishda GSVEM (Global Small Vehicle for Emerging Markets - Rivojlanayotgan bozorlar uchun kichik mashina - tahr.) sedan, deb nomlangan avtomobilni ishlab chiqarish boshlandi.

Regnum agentligiga ko‘ra, bu mashinani ishlab chiqarish bo‘yicha “O‘zavtosanoat” kompaniyasi moliyalashtirgan 136 million AQSh dollari miqdoridagi mazkur loyiha 2013 yilda yakunlanadi.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, loyihaning birinchi yilda GM Uzbekistan korxonasi GSVEM rusumidagi 100000 dona sedan ishlab chiqaradi va ularning 50000 donasi eksport qilinadi.

GSVEM sedani O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasi ishlab chiqarayotgan avtomobillarning yettinchisi bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur avtokorxona 2010 yilning avgustidan Chevrolet Spark avtomobili ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygandi.

Dastlab O‘zDEUavto nomi bilan O‘zbekiston hukumati va Koreyaning Daewoo Motor shirkati o‘rtasida tashkil etilgan avtomobil zavodi 1996 yilda ishga tushirilgan.

Keyinchalik O‘zDEUavto bazasida tashkil etilgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi O‘zavtosanoat shirkati bilan General Motors korporatsiyasi o‘rtasida 2008 yilda tuzilgan.

Hozirda korxona aksiyalarining 75 foiziga O‘zavtosanoat korxonasi, 25 foiziga esa General Motors egalik qiladi.
XS
SM
MD
LG