O‘zbekiston hukumati 2015 yilga qadar Islom taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot bankidan 1 milliard 165,8 million AQSh dollari miqdorida qarz olishni rejalayapti.
O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib Regnum axborot agentligining xabar qilishicha, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, maorif va xususiy biznes sohalarini rivojlantirishga qaratilgan qiymati 1 milliard 56 million dollar bo‘lgan 14 ta loyihani amalga oshirish uchun 2011 – 2013 yillarda Islom taraqqiyot bankidan 665,8 million dollar kredit olish rejalanmoqda.
Iqtisodiyot vazirligi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va Islom taraqqiyot banklariga a‘zo bo‘lganidan beri shu banklar ishtirokida 198 ta loyiha ishlab chiqilgan.
Shu paytgacha qiymati 1 milliard 450 million dollar bo‘lgan 153 ta loyiha amalga oshgan.
Hozirda mazkur uch bank ishtirokida qiymati 2,4 milliard dollarlik 45 ta loyiha amalga oshirilmoqda.