Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:51

O‘zbekistonda Koreyaning ikkita qo‘shma korxonasi ochildi


17 may kuni Toshkentda janubiy-koreyalik tadbirkorlar ishtirokida ikkita qo‘shma korxonaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Uzreport.com sayti ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonning “Avtogazta‘minot” va “O‘zbekkimyomash zavodi” bilan Koreyaning “Kogas”, “Kolon”, “NK” korxonalari o‘rtasida tashkil qilingan “Ko ung cylinder” qo‘shma korxonasi O‘zbekistonning Navoiy erkin sanoat-iqtisodiy zonasida faoliyat ko‘rsatadi.

Ushbu yangi korxonada har yili ENK rusumidagi 120 ming dona avtomobil gaz ballonlari ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Ikkinchi qo‘shma korxona O‘zbekistonning “Avtogazta‘minot” tashkiloti va Koreyaning “Kogas”, “Kolon”, "Kwangshin", "EngineTech" kompaniyalari o‘rtasida tashkil qilingan “Kor ung investment” korxonasi O‘zbekistonda 50 sanoat inshoot qurish va ishga tushirishga mo‘ljallangan.
XS
SM
MD
LG