Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:31

"Paxtakor-79": Fojeaga 32 yil to‘ldi


Ushbu suratda tushgan "Paxtakor" jamoasi safidagi o'yinchilarning ko'pchiligi 1979 yilgi aviahalokatga halok bo'lgan edi.
Ushbu suratda tushgan "Paxtakor" jamoasi safidagi o'yinchilarning ko'pchiligi 1979 yilgi aviahalokatga halok bo'lgan edi.
Bugun, 11 avgust, o'zbek futboli tarixidagi eng qora kunlardan biri. Bugun “Paxtakor” futbol jamoasining mashhur "yulduzli" tarkibining aviahalokatga uchraganiga 32 yil to‘ladi.

Bundan roppa-rosa 32 yil muqaddam Ukraina osmonida Tu-134 rusumdagi ikkita uchqich to‘qnashib ketgan. Samolyotlardan birida “Paxtakor” jamoasining 17 vakili, jumladan, o‘yinchilar, murabbiy Igday Tazetdinov hamda jamoa ish yurituvchisi va vrachi bo‘lgan. Ushbu fojeada paxtakorchilarning barchasi halok bo‘lgan edi.

Avihalokatga uchragan "paxtakorchilar" o'zlarining yuqori darajadagi mahorati bilan bir qator yirik musobaqalrda g'alaba qozonib, futbol muhlislari yuragidan joy olishga ulgurishgan edi. Shu bois ham, bu yo'qotish nafaqat O'zbekiston futboliga, balki butun Sovet Ittifoqi futboliga katta zarba bo'lgan edi.

Oradan 32 yil o‘tib, osmoni falakda halok bo‘lgan o‘zbek futbolininng yulduzlarini nomma-nom eslaymiz.

  • Idgay Borisovich TAZETDINOV, 13.01.1933, murabbiy, sport ustasi;
  • Mixail Ivanovich AN, 19.11.1952, xalqaro toifadagi sport ustasi, oliy ligada 138 o‘yinda 30 gol urgan;
  • Vladimir Ivanovich FEDOROV, 5.01.1956, hujumchi;
  • Olim Masaliyevich AShIROV, 25.01.1955, himoyachi;
  • Ravil Rustamovich AGISHEV, 14.03.1959, himoyachi;
  • Konstantin Aleksandrovich BAKANOV, 25.05.1954, yarim himoyachi;
  • Yuriy Timofeyevich ZAGUMENNIX, 7.06.1947, sport ustasi, himoyachi;
  • Aleksandr Ivanovich KORCHENOV, 4.05.1949, yarim himoyachi;
  • Nikolay Borisovich KULIKOV, 25.04.1953, himoyachi;
  • Vladimir Vasilevich MAKAROV, 9.03.1947, yarim himoyachi;
  • Sergey Konstantinovich POKATILOV, 20.12.1950, darvozabon;
  • Viktor Nikolayevich ChURKIN, 25.01.1952;
  • Sirojiddin Axmedovich BOZOROV, 1.01.1961, hujumchi;
  • Shuhrat Musinovich EShBO‘TAYEV, 8.02.1959, hujumchi;
  • Vladimir Valiyevich SOBIROV, 14.01.1958, hujumchi;
  • Vladimir Vasilevich ChUMAKOV, 8.12.1932 jamoa vrachi;
  • Mansur TOLIBJONOV, 4.04.1944, jamoa ma‘muri.

1981 yili, fojeadan ikki yil o'tib, taniqli "Yeralash" bolalar hajviy kinojurnali halok bo'lgan "Paxtakor" futbol jamoasi xotirasiga atab hajviy sonini chiqargan edi.



Eslatib o'tamiz, aviahalokatdan so'ng tarkibi susayib ketgan "Paxtakor" jamoasiga boshqa klublardan ko'ngilli o'yinchilar taklif qilingan va Sovet Ittifoqi futbol bo'yicha chempionati reglamenti bo'yicha "Paxtakor" kelasi uch yil ko'rsatkichlariga qaramasdan oliy ligada o'z o'rnini saqlab qolgan.

Bugun, oradan 32 yil o‘tgach, “Paxtakor” jamoasi ramziy ma'noda dafn qilingan Botkin qabristoniga to‘plangan futbol ishqibozlari o‘yinchilarni xotirladilar. Ramziy ma'noda deyilishiga sabab, yerga qo'yilgan tobutlarda halok bo'lgan 17 futbolchining hammasi bo'lmagan. Mayitlarning ayrmilari ularning yaqinlari iltimosiga ko'ra Sobiq Ittifoqning turli shaharlarida ko'milgan edi.

Har yilgi kabi, bu yil ham "Paxtakor-79" jamoasiga bag'ishlangan an'anaviy "Xotira qanotlari" xalqaro futbol xotira turniri bo'lib o'tdi. Bu yilgi turnirda 1996 yilda tavallud togan yosh futbolchilar qatnashdi. Turnirda g'oliblik "Bunyodkor" jamoasiga nasib etdi.
XS
SM
MD
LG