Pokistonda mototsiklda kelgan qurolli shaxslar Saudiya Arabistonining Karachi shahridagi konsulligi yonida turgan avtomobliga qarata o‘t ochdi va konsullikning bir vakilini o‘ldirdi.
Konsullik vakili bergan ma‘lumotga ko‘ra, o‘ldirilgan shaxs saudiyalik diplomatdir.
O‘tgan haftaning chorshanba kunida ham qurollangan shaxslar konsullikka granata uloqtirgan, ammo, hech kimga shikast yetmagan edi.
Bu hujumlar sababi hanuzgacha noaniq qolmoqda va hanuzgacha hech bir guruh hujum uchun mas‘uliyatni zimmasiga olgani yo‘q.
Ammo, hujumlar AQSh kuchlari tomonidan Al-Qoyda yetakchisi Usama bin Ladin o‘ldirilganidan so‘ng uyushtirilgani va bu tarmoq Usamaning o‘limi uchun qasos olishini bildirgan bois, buning ortida Al-Qoyda turgani haqida taxminlar tilga olinmoqda.