Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 15:58

Prezident maslahatchisi Rustam Qosimov koronavirusdan vafot etdi


Rustam Qosimov Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan hukumatga qaytarilgan birinchi mulozimlardan edi.
Rustam Qosimov Shavkat Mirziyoyev prezidentlikka kelishi bilan hukumatga qaytarilgan birinchi mulozimlardan edi.

7 - may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xalqaro Islom Akademiyasi rektori Rustam Qosimov 65 yoshida koronavirus xastaligi tufayli olamdan o‘tdi.

Marhumning yaqinlariga ko‘ra, Rustam Qosimov so‘nggi bir hafta davomida Zangiotadagi koronavirus markazining jonlantirish bo‘limida komada qolayotgandi. Uning o‘limiga o‘pka yallig‘lanishi va saturatsiya darajasi tushib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Rustam Qosimovning nomi keng jamoatchilikka 1998 - yilda qabul qilingan Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun ijrosi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida qator talabalarning o‘qishdan haydalishi bilan bog‘liq xabarlarda tilga olingandi. Bu paytda Qosimov ayni universitetda prorektor lavozimini egallagan.


U 2001 - yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida rahbar, qator oliy ta’lim muassasalarida rektor vazifalarida faoliyat olib bordi.

2009-2011 - yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori lavozimida ishlagan.

2011 - yilda lavozimidan olinib, nafaqaga chiqarilgan Rustam Qosimov Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan hukumatga qaytarilgan birinchi mulozimlardan bo‘ldi. U joriy bosh vazir Abdulla Aripov bilan bir vaqtda hukumatga qaytarildi va 2016 - yil sentabrida yana bosh vazir o‘rinbosari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimini egalladi.

2017 - yil iyunida O‘zbekiston prezidenti Davlat maslahatchisi birinchi o‘rinbosari – Tashkiliy-kadr xizmati rahbari – O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi. 2017 - yil noyabridan O‘zbekiston prezidentining Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimini egalladi.

Qosimov prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagan 2018 - yilda qator oliy o‘quv yurtlarida talabalarning ro‘molda o‘qishga kelishini taqiqlash bilan bog‘liq qator mojarolar yuz berdi. O‘sha yil 15 - avgustda Vazirlar Mahkamasining ziddiyatli 666-sonli qarori qabul qilindi.

Qosimov 2019 - yilning 21 - noyabridan buyon Prezident Davlat maslahatchiligi bilan birga Xalqaro Islom Akademiyasi rektori lavozimini egallab kelayotgandi.

O‘tgan oy Rustam Qosimov Davlat maslahatchisi lavozimidan bo‘shatilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. Ammo O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasining internetdagi veb saytida Qosimov hozirga qadar Davlat maslahatchisi lavozimida qayd qilingan.

XS
SM
MD
LG