Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:00

Putin Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi. Toqayev uni rad etgan edi


Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentining Toshkentga tashrifi chog‘ida. 19-oktabr, 2018
Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentining Toshkentga tashrifi chog‘ida. 19-oktabr, 2018

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirladi.

Putinning tegishli farmoni 23-iyul kuni Rossiya hukumatining rasmiy huquqiy axborot internet-portalida e’lon qilindi.

Farmonda Shavkat Mirziyoyev "Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari uchun" taqdirlangani aytilgan.

Aleksandr Nevskiy ordeni taniqli xorijiy siyosiy va jamoat arboblariga, xorijiy davlatlar ishbilarmon doiralari vakillariga RF bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi xizmatlari va uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ko‘magi uchun beriladi. Aleksandr Nevskiy Rossiya tarixidagi uch davr - Rossiya imperiyasi, sovet davri va bugungi Rossiya Federatsiyasida amal qilgan yagona ordendir.

Қозоғистон сабоқлари: Мирзиёев чексиз муддатга ҳокимиятда қолишдан воз кечиши керак!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:44 0:00

Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni 65 yoshga to‘ladi. Ammo Rossiya prezidenti farmoni matnida O‘zbekiston rahbarining 65 yoshga to‘lishi eslatilmagan.

O‘tgan oy Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati Qasim-Jomart Toqayev Rossiya hukumatining Aleksandr Nevskiy ordeni olishdan bosh tortgani haqida xabar tarqatgandi. Qozog‘iston rahbarining matbuot kotibi Ruslan Jeldibay Toqayev prezidentlik vakolatlari tugagunicha milliy va xorijiy mukofotlarni qabul qilmaslikka ahd qilganini bildirgan.

Toqayevni taqdirlash marosimi shu yilning 17-iyun kuni Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida o‘tishi kutilgandi.
Toqayevni taqdirlash marosimi shu yilning 17-iyun kuni Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida o‘tishi kutilgandi.

Toqayevni taqdirlash marosimi shu yilning 17-iyun kuni Sankt-Peterburg iqtisodiy forumida o‘tishi kutilgandi. Toqayev prezident Putin ishtirok etgan forumda Qozog‘iston Ukrainaning bo‘lginchi DNR va LNR respublikalarini tan olmasligini aytgan.

Kreml Toqayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlash masalasi ko‘rilmaganini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati Mirziyoyev Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangani haqida hozircha rasmiy xabar tarqatgani yo‘q.

Aleksandr Nevskiy ordeni bundan avval Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovlarga berilgan.

Шавкат Мирзиёев қандай ҳокимиятга келди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:41 0:00

65 yosh va yana ikki muddat

65 yoshni qarshilayotgan Shavkat Mirziyoyev 2016-yil sentabrida prezident lavozimini egallagunicha 13 yil davomida O‘zbekiston hukumatiga rahbarlik qilgan. Uning Karimov o‘limi ortidan mamlakat konstitutsiyasida nazarda tutilgan Senat raisi o‘rniga vaqtincha prezident lavozimini egallashi hokimiyat o‘tish jarayonining legitimligi borasida savollarni paydo qilgan edi.

Keyinroq Mirziyoyevning Karimov davridagi siyosiy mahkumlarni ozodlikka chiqarishi, qora ro‘yxatlarni tugatishi va liberal islohotlar kun tartibini e’lon qilishi mamlakat ichkarisi va tashqarisida islohotchi rahbar imijining shakllanishiga turtki bo‘ldi. Biroq ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o‘zgarishlarni, kutishlarning aksiga, jiddiy siyosiy islohotlar ta’qib etmadi. Xususan, 2016-yil dekabri va 2021-yil oktabridagi prezident saylovlari Karimov davridagidan farq qilmagani xalqaro kuzatuvchilar tomonidan tanqid qilindi.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tishni tezlashtirishi kutilgan xususiylashtirish va iqtisodiy erkinlashish jarayonlari esa, mamlakatda oligarxiyaning vujudga kelishi borasida xavotirlarni paydo qildi. Mirziyoyev hukumati boshqaruvdagi nepotizm, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga doir savollarni javobsiz qoldirib kelmoqda.

Мирзиëевнинг сири: Тоғларга яширилган хазина
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:11 0:00

Ayni paytda bu tanqid va savollar prezident Mirziyoyevga oldingi ikki muddatini nollashtirishi kutilayotgan konstitutsion islohotlarni ilgari surishga to‘sqinlik qilmadi.

Shu oy boshida Qoraqalpog‘istonda zo‘ravon namoyishlarga olib kelgan va kamida 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgan konstitutsiyaning yangi tahriri umumxalq referendumida tasdiqlangani taqdirda, Shavkat Mirziyoyev 83 yoshgacha yoki umrbod hokimiyatda qolishi mumkin. Uning o‘zi hozirgacha prezidentlik muddatini 5 yildan 7 yilgacha uzaytirish taklifi va 2026-yildan keyingi rejalari haqida gapirmagan.

XS
SM
MD
LG