Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:43

Putin Qora Dengiz tubidan xum topib oldi


Bosh vazir va g‘avvos V. Putin.
Bosh vazir va g‘avvos V. Putin.
Rossiya Bosh vaziri Vladimir Putin kelasi yilgi saylov oldidan navbatdagi populist harakat o‘laroq, Qora Dengiz tubidan qadimgi Yunoniston davridan qolgani aytilayotgan ikkita xumni topib oldi.

G‘avvoslikda deyarli tajribasi bo‘lmagani va atigi uchinchi marta suvga sho‘ng‘iyotganiga qaramasdan, Putinning ikkita xumni topib, ko‘tarishga harakat qilayotgani tasvirlangan video televideniyeda ko‘rsatildi.

Televideniyeda ko‘rsatilgan lavhada iddao qilinishicha, Putin suv ostiga ikki metrgina pastga sho‘ng‘igach, unga omad kulib boqadi va bosh vazir, kameralar nigohi ostida, xumlarni topib oladi.

Sobiq KGBchi Putin 2000-2008 yillarda prezident bo‘lgan va keyingi paytlarda, nisbatan passiv prezident Dmitriy Medvyedev fonida, sarguzashtlarni xush ko‘radigan kishi imidjini yaratmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Putinning yana prezidentlik lavozimiga qaytish niyati bor.
XS
SM
MD
LG