Линклар

Шошилинч хабар
22 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:15

Putinning politsiya davlatida rossiyaliklar terrordan yaxshi himoyalanmagan


22-mart kuni "Krokus Siti Holl"ga uyushtirilgan hujum oxirgi o‘n yilliklardagi eng qonli hujum bo‘lgan.
22-mart kuni "Krokus Siti Holl"ga uyushtirilgan hujum oxirgi o‘n yilliklardagi eng qonli hujum bo‘lgan.

Rossiyada 2018-yildagi so‘nggi prezidentlik saylovlaridan bir hafta o‘tib, Sibirdagi gavjum savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘inda 60 dan ortiq odam halok bo‘ldi, ularning aksariyati bolalar edi.

Bu yilgi ovoz berish tugaganidan besh kun o‘tib, “Islomiy davlat” jangari guruhi mas’uliyatni zimmasiga olgan hujumda qurollangan shaxslar Moskva yaqinidagi konsert zalida kamida 115 kishini o‘ldirdi.

Kreml prezident Vladimir Putinni najotkor, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlagan kuchli rahbar sifatida tasvirlaydi.

Uning prezident yoki bosh vazir sifatidagi qariyb 25 yillik hukmronligini ommaviy qurbonlar, portlashlar va alangalar bezamoqda. Tahlilchilar ular o‘z hokimiyatini xalq xavfsizligi evaziga saqlab qolishga urinayotganini aytmoqda.

Тўрт тожикистонлик қийноқ излари билан судга келтирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:13:15 0:00

Putin tanqidchilari fikricha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan o‘ttiz yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, Rossiyada davlat o‘z manfaatlarini fuqarolari hayotidan ancha ustun qo‘yadigan mamlakat bo‘lib qolmoqda.

Eng yorqin misol – Ukrainaga qarshi urushdir: 2022-yil fevralida Rossiya chegarada o‘n minglab askar to‘plagan va AQSH hujum istalgan kuni sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan vaqtda, ko‘plab kuzatuvchilar Putin bungacha bormasligi, chunki bu Rossiya xavfsizligini yaxshilashdan ko‘ra zarar keltirishini aytishgan edi.

Ukrainaga keng miqyosli hujumdan so‘ng, bundan 10 yil muqaddam, Putin yana prezidentlikka qaytganda boshlangan fuqarolik jamiyatiga qarshi hujumlar avjiga chiqdi. Norozilik ovozlari o‘chirildi.

Hukumat marhum muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniyning siyosiy va korrupsiyaga qarshi tashkilotlaridan tortib, hukumat "xalqaro LGBT ijtimoiy harakati" deb ataydigan tashkilotgacha bo‘lgan keng doiradagi tinch guruhlarni «ekstremist» deb tasnifladi. U tanqidchilarni vatanga xiyonatda ayblab, sud qildi va Ukrainadagi urushni tanqid qilganlarni esa ko‘p yillik qamoq jazosiga hukm qildi.

Bu, deydi tahlilchilar, Rossiyani haqiqiy ekstremistlar oldida, oldini olish mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar, halokatli ofatlar oldida juda zaif qilib qo‘ydi.

“Xavfsizlik xizmatlari siyosiy tekshiruvlar va fuqarolarni qo‘rqitishga qaratilgan. Ular jamiyatni real tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha o‘z mas’uliyatini bajarmayapti”, deb yozdi rossiyalik siyosiy sharhlovchi Dmitriy Kolezev X da.

“Ulkan muvaffaqiyatsizlik”

Uning yozishicha, 22-mart kuni Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Holl"ga qilingan hujum davlatning "ulkan muvaffaqiyatsizligiga o‘xshaydi". «Xavfsizlik» uchun fantastik miqdorda pul sarflanadi, lekin bu xavfsizlik ta’minlanmaydi."

Sharoit boshqacha bo‘lganda edi, siyosiy muxolifat va mustaqil jurnalistlar xavfsizlik kuchlari o‘z ishlarini halol bajarishi, pul behuda sovurilmasligi uchun hukumatga bosim o‘tkazgan bo‘lar edi, deb yozadi Kolezev. "Afsuski, bu guruhlarning hech biri bu haqda balandroq gapirish uchun milliy televideniyega kira olmaydi."

Россияда Мотам куни: ҳужумда ўлганлар сони 150 дан ошди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:22 0:00

Boshqacha qilib aytganda, bu guruhlar davlat idoralari nazoratchisi bo‘lish o‘rniga o‘zlari nishonga aylangan.

"Rossiya xavfsizlik xodimlari, siyosiy jihatdan «tahdidlarni» sezishga o‘rgatilgan", deb yozadi AQSH Tashqi siyosat tadqiqot institutining Yevroosiyo dasturi xodimi Andrash Tot-Tsifra X da. "Resurs/vaqt/xodim cheklovlari tufayli ular real tahdidlarni aniqlash va oldini olish qobiliyatiga ega emas”.

Hujum sodir bo‘lganidan so‘ng, Rossiya hukumati tomonidan qo‘llaniladigan strategiya va taktikalar ko‘pincha uning oqibatlarini yanada kuchaytiradi va qurbonlarning qarindoshlari Putin hukumatini beparvolikda ayblashlariga olib keladi.

Putin hokimiyat tepasiga kelgan birinchi yili Kursk suv osti kemasi halokatiga qanday munosabat qilgani bunga misoldir. Ekspertlar ta’kidlashicha, 2002-yilda Moskvadagi Nord-Ost teatriga hujum va 2004-yilda Shimoliy Osetiyadagi Beslan maktabidagi garovga olishlar vaqtida qurbonlar soni ko‘p bo‘lgani ana shu tayyorgarlik yo‘qligi va uquvsizlik bilan bog‘liq.

Davlat va uning oliy rahbarlari o‘z manfaatini fuqarolardan ustun qo‘yishi yangilik emas: uning ildizlari sovet va chor davriga borib taqaladi. Dissidentlar, huquq himoyachilari va muxolifat siyosatchilarining fikricha, agar Rossiya va uning xalqi gullab-yashnamoqchi bo‘lsa, bu hodisaga barham berish kerak.

Ammo Kreml tanqidchilari fikricha, bu illat Putin boshqaruvi cho‘zilgani sari yaqqol namoyon bo‘laveradi.

XS
SM
MD
LG