Линклар

Шошилинч хабар
21 июн 2025, Тошкент вақти: 15:49

Qaddafiy kuchlari Misrotani bombalamoqda


Liviyada Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar to‘rt kundan buyon Misrota shahrini bombardimon qilmoqda.

Liviyalik isyonchi kuchlar vakili Abdul Basset Mezerikning Al Jazira telekanaliga bildirishicha, bombalashlar oqibatida olti odam halok bo‘lgan, ellikka yaqin odam yaralangan.

Liviyaning uchinchi yirik shahri Misrota yetti xaftadan buyon isyonchilar nazoratida bo‘lib kelmoqda.

So‘nggi kunlardagi bombalashlar oqibatida bu shaharda yuzlab odam nobud bo‘lgani aytilmoqda.

Isyonchilar "NATO kuchlari Misrota shahri aholisini himoyalash yo‘lida yana ham faol sa‘y-harakat qilishi kerak", demoqda.

Liviya rasmiylari esa Al Qoida bilan bog‘liq kuchlarga qarshi amaliyot olib borayotganini da‘vo qilmoqda.

Liviya rahbari Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar Ajdabiya shahrini ham nishonga oldi.

Shahar kasalxonasi shifokorlariga ko‘ra, hukumat kuchlarining 16 aprel kungi hujumlari oqibatida sakkiz kishi o‘lgan, 27 nafari yaralangan.

Brega shahri atrofida isyonchi kuchlar port shahar tomon hujumga o‘tayotganini bildirdi. Ularga ko‘ra, Qaddafiyga sodiq kuchlar Brega shahri ichiga o‘rnashib olgan.
XS
SM
MD
LG