Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:43

Qaddafiy Misratani yana tanklardan o‘qqa tutdi


Liviya yetakchisi Muammar Qaddafiyga sodiq kuchlar isyonchilar nazoratidagi Misrata shahrini yana tanklardan o‘qqa tutdi.

Shifokorlarga ko‘ra, dushanba kuni kechasi ro‘y bergan hujumda kamida olti kishi halok bo‘lib, o‘nlab odam jarohatlangan.

Liviya sharqidagi isyonchilar qo‘lida qolayotgan yagona yirik shahar bo‘lmish Misrata Qaddafiy kuchlari tomonidan qurshovga olingan.

Ayni paytda, poytaxt Tripolida Qaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Arab va uch nafar nabirasini dafn etish marosimi o‘tkazildi. Liviya hukumatiga ko‘ra, ular o‘tgan shanba kuni NATO havo hujumida halok bo‘lgan.

Yakshanba kungi namoyishlarda Qaddafiyning yaqinlari o‘ldirilganiga javoban Britaniya va Italiya elchixonalariga o‘t qo‘yildi. Britaniya Liviya elchisini Londondan haydadi.

Dushanba kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Axmat Dovuto‘g‘li xavfsizlik vaziyati yomonlashayotgani bois Anqara o‘zining Tripolidagi elchixonasini vaqtincha yopishi va xodimlarini qo‘shni Tunisga ko‘chirishini ma‘lum qildi.
XS
SM
MD
LG