Линклар

Шошилинч хабар
19 июн 2025, Тошкент вақти: 13:53

Qandahor qamoqxonasidan yuzlab mahbuslar qochdi


2008 yili ham minga yaqin mahbus qamoqhona darvozasini portlatib, qamoqdan qochdan edi.
2008 yili ham minga yaqin mahbus qamoqhona darvozasini portlatib, qamoqdan qochdan edi.
Afg‘oniston janubidagi Qandahor qamoqxonasidan qariyb 500 nafar mahbus qochdi.

Ularning aksari Tolibon harakatiga a‘zolikda gumonlanib qo‘lga olingan shaxslardir.

Qandahordagi qamoqxona boshlig‘i yakshanba kuni tunda 476 nafar mahbus yer osti tuneli orqali qochib ketganini aytdi.

Rasmiylarga ko‘ra, tolib janggarilari yer ostidan bir necha yuz metrlik tunel kavlagan.

Toliblarga ko‘ra, tunel kavlash ishlari besh oy oldin boshlangan.

Tolibon harakati matbuot vakili Qori Yusuf Ahmadi qamoqdan qochganlarning 100 nafari harakat qo‘mondonlari va jangchilari ekanini ma‘lum qildi.

Qandahordagi qamoqxona 1,200 mahbusga mo‘ljallangan.

Bu so‘nggi uch yilda Qandahor qamoqxonasidan mahbuslarning ikkinchi marta ommaviy qochishidir.

2008 yilda mingga yaqin mahbus, jumladan, Tolibon qo‘mondonlari qamoqxona darvozasini portlatib qamoqdan qochgan edi.
XS
SM
MD
LG