Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:04

Qirg‘iz pasporti uchun $14000. Rossiya shirkatlari qochayotgan ruslardan qanday pul ishlamoqda?


Yangi namunadagi Qirg‘iziston pasporti. 30-may, 2021
Yangi namunadagi Qirg‘iziston pasporti. 30-may, 2021

Rossiyaning Ukrainadagi qonli urushi davom etarkan, oddiy rossiyaliklar og‘irlashib borayotgan iqtisodiy sharoitdan va harbiy xizmatdan qochish ilinjida o‘z vatanlarini tark etishda davom etmoqda.

Rossiyaliklar orasida xorijiy mamlakatlar vizalari va pasportlariga bo‘lgan talab yuqori bo‘lganligi tufayli Rossiyada joylashgan bir necha xususiy kompaniya rossiyaliklarga Qirg‘iziston fuqaroligini olish xizmatini taklif qilmoqda.

O‘zini yuridik xizmat ko‘rsatuvchi shirkat o‘laroq taqdim etayotgan bu kompaniyalar Qirg‘izistonni do‘stona, rusiyzabon davlat sifatida targ‘ib qilmoqda. Bu kompaniyalar reklamarida e’tirof etilishicha, Qirg‘iziston fuqaroligi G‘arb davlatlariga sayohat qilish, o‘qish va yashash uchun yo‘l ochadi.

Qirg‘iziston qashshoq sobiq sovet mamlakati bo‘lib, Bishkek Ukrainadagi urushga qaramay, Moskva bilan yaxshi munosabatlarini saqlab kelmoqda.

Xususiy rus kompaniyalari xizmatlari uchun 1 500 dan 14 000 dollargacha haq oladi. Narxlar ko‘rsatiladigan xizmatga bog‘liq. Kompaniyalar shunchaki maslahat berish yoki mijozlarga hujjatlarni tayyorlash, Qirg‘izistonga safar uyushtirish va u yerda pasport rasmiylari bilan uchrashishni o‘z ichiga oluvchi to‘liq xizmat paketini taklif qilmoqda.

Qirg‘iziston fuqaroligini olish jarayoni 3 oydan 18 oygacha cho‘zilishi mumkin. Qo‘shimcha haq evaziga jarayonni tezlashtirishi mumkin.

Rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Qirg‘iziston pasportini olgan Rossiya fuqarolari soni to‘rt barobarga oshgan. Bishkek korrupsiyaning oldini olish maqsadida fuqarolik olish uchun topshirilgan har bir ariza sinchiklab ko‘rib chiqilishini ta’kidlab keladi.

Qirg‘iziston fuqaroligini olishda yordam taklif qilayotgan firmalardan birining xodimi Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati bilan suhbatlashib, har bir ariza uchun o‘rtacha 12 ming dollar atrofida haq olinishini aytdi.

Qirg‘iziston Rossiya bilan ikki fuqarolikni rasman tan olmaydi. Ammo rus firmasi xodimining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rossiyalik mijozlarga Qirg‘iziston fuqaroligini olib berish uchun qonundagi noaniqliklardan foydalanadi.

“Sobiq sovet davlatlarining fuqarolari, ya’ni 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishidan oldin tug‘ilganlar Qirg‘iziston fuqaroligini qonuniy yo‘l bilan soddalashtirilgan tartibda olishlari mumkin”, — dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan suhbatlashgan xodim.

“Buning uchun Rossiya fuqaroligidan ayrilmaysiz. O‘z xizmatimizga kafolat beramiz. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi va pasport bo‘limlarida aloqalarimiz bor”, — deya so‘zini davom ettirdi xodim.

Xodimning tushuntirishicha, mijozlar Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga shaxsan borishlari shart. U yerda mijozlar firma vakillari hamrohligida pasport stoli va boshqa ma’muriy binolarga borishadi.

Rossiyaliklar uchun viza tartibining kuchayishi

2022-yil fevralida Moskva Ukrainaga bostirib kirishi ortidan G‘arb davlatlari Rossiya fuqarolari uchun viza olish talablarini kuchaytirdi, natijada rossiyaliklarning chet elga dam olish, biznes va ta’lim olish uchun borishi ancha mushkullashdi.

Bosqin ortidan rossiyaliklar ommaviy tarzda mamlakatni tark eta boshladi, natijada Turkiya kabi G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalar kampaniyasiga qo‘shilmagan davlatlar ham immigratsiya qoidalarini qat’iylashtirdi.

Мобилизациядан қочаётганлар. Мигрантми ё релокант?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:07 0:00

Turkiya rossiyalik emigrantlar va sayyohlar uchun asosiy yo‘nalishlardan biridir. Ozodlik bilan suhbatlashgan bir necha rossiyalikning so‘zlariga ko‘ra, dekabr oyidan beri rossiyaliklar Turkiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olishi qiyinlashgan.

Shuningdek, Turkiyadagi ayrim banklar Turkiyada istiqomat qiluvchi rossiyalik orasida keng tarqalgan “Mir” to‘lov tizimidan foydalanishni to‘xtatgan.

Turkiya Migratsiya agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 153 mingga yaqin Rossiya fuqarosi Turkiyada vaqtinchalik yashash huquqini qo‘lga kiritgan.

Turkiyada immigratsiya qoidalarining o‘zgarayotgani uchun tobora ko‘proq rossiyalik Qirg‘iziston fuqaroligini olishga qaror qilmoqda.

“Ayni damda Qirg‘iziston qisqa muddatda fuqarolik olish uchun qulay davlat”, — dedi Qirg‘iziston pasportini taklif qilayotgan Rossiya firmasi xodimi.

“Bundan tashqari, Qirg‘iziston — yaxshi, rus tilida so‘zlashuvchi davlat bo‘lib, hech qanday sanksiyalarga yo‘liqmagan. Qirg‘iziston pasporti bilan Yevropa, AQSH va boshqa mamlakatlarga sayohat qilishingiz mumkin, ammo Rossiya pasporti bilan chet elga chiqish juda qiyin bo‘lib qoldi”, — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, talab ortib borayotgani uchun kompaniya xizmatlari narxi oshib bormoqda.

Мигрантлар мобилизацияси: “Ҳеч бир паспорт ҳаётингиздан афзал эмас!”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:21 0:00

Qirg‘iziston Aholini ro‘yxatga olish boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvaridan sentabr oyi oxirigacha Qirg‘iziston pasportini olish uchun 1 631 nafar Rossiya fuqarosi murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Qirg‘iziston pasportini olganlar orasida rossiyalik amaldorlar va tadbirkorlar hamda ularning oila a’zolari ham bor. Ular xususiy firmalar yoki boshqa kanallar orqali Qirg‘iziston fuqaroligini olgani noma’lum.

Aholini ro‘yxatga olish va fuqarolik masalalarini nazorat qiluvchi Qirg‘iziston Raqamli rivojlanish vazirligi o‘tgan oy boshida Qirg‘iziston fuqaroligini olish uchun har topshirilgan bir arizani “sinchiklab” o‘rganib chiqilishini aytgan edi.

Vazirlik aholini Internet orqali Qirg‘iziston pasportini olib berish xizmatini taklif qilayotgan “shubhali” reklamalarga ishonmaslikka chorladi.

XS
SM
MD
LG