Линклар

Шошилинч хабар
03 май 2024, Тошкент вақти: 19:01

Qirg‘izistonda saylovda ovoz bermaganlarni jarimaga tortish taklif qilinmoqda


Qirg‘izistonda saylovlarda ovoz bermagan vatandoshlar soni ko‘payib bormoqda. Rasman bildirilishicha, 2017-yilgi prezidentlik saylovida saylovchilarning deyarli 56 foizi qatnashgan. 2021-yilgi prezidenlik saylovida esa 39,75 foiz saylovchi ovoz berdi.

Qirg‘iziston parlamenti 13-iyulda saylovda ishtirok etmagan fuqarolarni jarimaga tortish bo‘yicha qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Hujjatda uzrli sabablarsiz prezident va parlament saylovida ovoz bermaganlarni jarimaga tortish belgilangan.

Qonun loyihasi muallifi bo‘lgan deputat Tazabek Ikramov o‘z tashabbusini izohlar ekan:

“Jamiyat saylovga, davlat qarorlariga befarq bo‘lmoqda. Davlat ishiga befarq odamga chora ko‘rilishi kerak. Bugungi kunda prezidentlik saylovi ham, Jo‘g‘o‘rqu Kenesh saylovi ham 30 foizga yetmagan saylovchi bilan o‘tyapti", - deb aytdi.

Tazabek Ikramov.
Tazabek Ikramov.

Tazabek Ikramovga ko‘ra, ba’zi Yevropa davlatlari, Avstraliya, Braziliya, Turkiya qonunchiligida ham saylovchilar ovoz berishga mas’ul ekani aniq belgilab qo‘yilgan moddalar bor.

Mazkur qonun loyihasi jamoatchilik orasida qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi. Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Uzarbek Jilqibayev xalqning siyosiy tadbirlardagi ishtirok etishi majburiy bo‘lmasligi lozim, degan fikrda:

Uzarbek Jilqibaev.
Uzarbek Jilqibaev.

“Fuqarolarning saylovda ovoz berishi - bu ularning huquqi. Bu majburiy talab emas. Saylovda ishtirok etadimi yoki yo‘qmi - o‘zining erki. Masalan, 2021-yilda o‘tgan saylovda horijdagi vatandoshlar uchun 58 ta saylov uchastkasi ochilgan va 80 mingga yaqin saylovchi ro‘yxatga olingan. Biroq horijda 9 mingga yaqin saylovchi ovoz bergan”.

Vatandoshlarni majburiy ravishda saylovga jalb qilish mavzusining ko‘tarilishiga Bishkekdagi bir mandatli 26-sonli Lenin okrugida shu yilning 28-mayida parlamentdagi bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov asos bo‘ldi.

Unda 124 ming 908 saylovchidan 17 ming 423 nafari, ya’ni 13,95 foizi ovoz bergan. bu Qirg‘izistonda eng oz saylovchi ishtirok etgan saylov sifatida tarixga yozildi.

Mazkur saylovda ikki nomzodga "saylovchilar ovozini sotib olgan" degan ayblov qo‘yilgani bois, Markaziy saylov komissiyasi (MSK) 16-iyunda ovoz berish natijalarini bekor qildi. Markaziy saylov komissiyasi Lenin okrugidagi qayta saylovni 10-sentabrga belgilagan va 17-iyuldagi ma’lumotga asosan, unda ishtirok etish uchun 5 nomzod ariza bergan.

Aqilbek Sariev.
Aqilbek Sariev.

“Fuqarolar saylovga nima uchun bormayotgani tushunarli-da. Asosiy sababi - fuqarolar hukumatga ishonmay qoldi. Sir emas, Qirg‘izistonda saylov boshidan oxirigacha pulga borib taqaladi. “Puling bo‘lsa saylovda yutasan”, degan tushuncha mavjud. Bu faktdan hech kim tona olmaydi. Bunday tushuncha prezident saylovida ham, parlament saylovida ham, mahalliy kengash saylovida ham asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi”, - dedi MSK sobiq raisi Aqilbek Sariyev.

Qirg‘iziston qonunchiligiga asosan saylovchilarning 30 foizdan ko‘prog‘i ovoz bergan holatda referendum bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. Saylovlar uchun esa minimal ovozlar ko‘rsatkichi belgilanmagan.

Qirg‘izistonlik faol Aybek Tengizbayev aholining saylovlardagi ishtiroki kamayganini siyosatchilarga nisbatan ishonch kamayib borayotgani bilan izohlaydi:

“Xalqni saylovga jalb qilish va uning ahamiyatini tushuntirish majburiyati hukumat zimmasida. Siyosiy madaniyat shakllangan mamlakatlarda xalqni saylovga nomzodlar jalb qiladi. Bizda ularga ishonchning yo‘qligi sababli saylovchilar ham befarq bo‘lyapti”.

Qirg‘izistonda saylovlar siyosiy partiyalar va nomzodlar o‘rtasidagi raqobatga asoslangan holda o‘tkazilishi xalqaro tashkilotlar tomonidan e’tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda har bir saylovda ovoz sotib olish, natijalarni soxtalashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar paydo bo‘lishi ortidan norozilik namoyishlari o‘tkazilishi ham an’anaga aylangan.

2005-yilning fevralida parlamentga o‘tkazilgan saylov natijalaridan norozi bo‘lgan muxolifat 24-aprel kuni prezident Asqar Aqayevni hokimiyatdan qulatgan edi. 2010- yil aprelida prezident Qurmonbek Bakiyevning hokimiyatdan ketishiga ham parlament saylovlaridagi soxtalashtirishlar sabab bo‘lgan.

2020-yil oktabrida parlament saylovi natijalaridan norozi bo‘lganlarning ko‘p ming kishilik norozilik namoyishlari oqibatida prezident So‘o‘ro‘nbay Jeenbekov iste’fo bergan edi. Shundan so‘ng Sadir Japarov prezidentlikka saylangan.

XS
SM
MD
LG