Линклар

Шошилинч хабар
08 декабр 2023, Тошкент вақти: 20:36

Qodirjon Botirov xalqaro komissiya xulosasidan taajjubda


O‘sh va Jaloloboddagi xunrezlik ortidan xorijga ketishga majbur bo‘lgan Qirg‘izistondagi o‘zbeklar rahbarlaridan biri Qodirjon Botirov mamlakat janubida o‘tgan yil iyun oyida ro‘y bergan hodisalar bo‘yicha xalqaro komissiya hulosasini ijobiy baholadi.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Botirov komissiya O‘sh va Jaloloboddagi voqealarni genotsid deb atamaganidan taajjubda ekanini aytdi.

- Haqiqat oz bo‘lsa-da yuzaga chiqdi. Bu biz uchun qoniqarli, juda yaxshi ish bo‘ldi. Lekin komissiya buni genotsid bo‘lmagan deb aytib o‘tib ketayapti, bu bizni¸ albatta¸ taajublantiradi. Meni nazarimda¸ bu ochiqdan-ochiq genotsid bo‘lgan¸ dedi Botirov.

Komissiya 11-13 iyun kunlari O‘sh va Jalolobodda uyushtirilgan hujumlarni insoniyatga qarshi jinoyat sirasiga kiritish mumkin, degan xulosaga kelgan edi.

Xalqaro tergov komissiyasi xulosasida halok bo‘lganlarning 75 foizi o‘zbeklar ekani bo‘lgani bildirilgan.
XS
SM
MD
LG