Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:33

"Qora niqoblilar" taksichilarga ham hujum qildi


"Qora niqoblilar" o‘zlaridan keyin odatda shunday iz qoldirmoqda.
"Qora niqoblilar" o‘zlaridan keyin odatda shunday iz qoldirmoqda.
20 iyul kuni tushdan keyin kuch ishlatar tizimlarning qora niqob taqqan 30 kishidan iborat guruhi Toshkentdagi Olmazor metro bekatida joylashgan xususiy taksi va mikroavtobuslar turadigan stoyankada "reyd" o‘tkazdi.

"Qora niqoblilar" O‘zbekistonning janubiy va g‘arbiy viloyatlariga qatnaydigan xususiy taksilar va mikroavtobuslar egalarini issiq asfaltga yuztuban qilib yotqizib qo‘ydilar. Ulardan darhol stoyankani bo‘shatib qo‘yish talab qilindi.

Shuningdek aytilishicha, qora niqob taqqan guruh stoyanka ichi va atrofidagi do‘kon va kafelarning oynalarini ham sindirgan.

Jizzaxlik inson huquqi faoli Saida Qurbonova ham 20 iyul kuni Olmazor metrosida "qora niqobli" guruhning taksichilarni yerga yotqizib qo‘yganiga guvoh bo‘lganini aytadi:

- Men kecha metroda edim. Olmazor metrosidan chiqsam, menimcha, taksistlarniëv yerga yuztuban qilib ëtqizib qo‘ygan ekan. Shuni ko‘rdim. Qora kiyim kiyib olgan. Faqat ko‘zi ko‘rinadi. Qop-qora kiyinib olgan. Oëg‘iga ham qora etik kiyib olgan. Qo‘llarida dubinka bor edi. Avtomatlarini ko‘rmadim,- deydi Saida Qurbonova.

“O‘zbekiston inson huquqlari Alyansi” tashkiloti faoli Akromxo‘ja Muhiddinovning Ozolikka aytishicha, uning turmush o‘rtog‘i Muhabbat Muhiddinova ham 20 iyul kuni Olmazor metrosidagi avtostoyankaga "qora niqoblilar" uyushtirgan hujumning guvohi bo‘lgan. Akromxo‘ja Muhiddinov turmush o‘rtog‘ining gaplariga tayangan holda bularni aytdi:

- Taxminan soat 15 larga yaqin qora kiyimda kelgan, "ninzalar" deyiladiyu, "qora niqobli" faqat ko‘zi ochiqda, shu yerda kirib, bitta stoyanka bor, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Gulistonga qatnaydigan Istana rusumli va yengil avtomobillar. Kirakashlarda endi. To‘satdan shunaqa shaxslar kelib, he yo‘q be yo‘q hammani urib issiq asfaltga yuzlarini ëtqizib, stoyankachilarning butkasi bor edi, butkalarini sindirib tashlagan emish. Magazinlarning oynalari ham singan emish. U yerda zapravka bor. Zapravkaning podvaliga aëllarni qamab qo‘ygan ekan,- deydi Akromxo‘ja Muhiddinov.

Unga ko‘ra, huquq-tartibot idoralardan biriga qarashli ekani aytilayotgan "qora niqoblilar"ni fuqarolik kiyimidagi shaxs boshqarib turgan:

- Keyin o‘sha yerda oq sochli, qorin qo‘ygan bir grajdan kiyimidagi fuqaro kelib “hammalaring narigi avtostansiyaga o‘tasizlar, bilet olib bilet bilan qatnaysizlar marshrutlar bo‘yicha” debdi. Istana avtomobillari borku 10-12 kishi sig‘adigan, Neksiya rusumli mashinalarga. “Bo‘lmasa hammasini metallolomga topshiraman” debdi. Nimaga bo‘lgan, nima bo‘lgan hech kim bilmaydi. Bu davlatning odamlarimi ëki yasamami hech kim bilmaydi. Nima uchun urganining sababini hali bilganim yo‘q,- deydi Akromxo‘ja Muhiddinov.

21 iyul kuni tongda voqea joyini suratga olgan va guvohlar bilan gaplashgan “O‘zbekiston inson huquqlari Alyansi” rahbari Yelena Urlayevaga ko‘ra, 20 iyul kuni avtostoyanka xizmatchilari va haydovchilardan 40 nafari stoyanka yaqinidagi AYoQSh yerto‘lasiga qamab qo‘yilgan. "Ularning ayrimlari hanuzgacha bedarak",- deydi Yelena Urlayeva.

21 iyul kuni Olmazordagi stoyanka bo‘shab qoldi. Janubiy viloyatlarga qatnaydigan taksi va mikroavtobuslar yo‘qoldi. Yo‘lovchilar katta yo‘l bo‘yiga chiqib ulov poylashmoqda.

Hozircha aynan qaysi kuch ishlatar idoraga qarashli ekani noaniq qolayotgan guruh birinchi marta tadbirkorlarga qarshi reyd o‘tkazayotgani yo‘q.

Bundan avval 17 iyul kuni qora niqobli "sirli kuchlar"ning so‘nggi reydi Urganch shahridagi savdo uyida o‘tkazilgan edi.

23 iyun kuni Samarqand viloyati Urgut shahar buyum bozoridagi tadbirkorlarning o‘zlarining yangi bozorga ko‘chirilishiga qarshi bildirgan noroziligi ham qora niqobli maxsus kuchlarning yordami bilan bostirilgan edi.

"Qora niqoblilar" 16-17 iyun kunlari Yangiyo‘l shaharidagi restoranlar va buyum bozorini bosgan edi.

Shu yilning 2 mart kuni Toshkentda bu guruh Bojxona, Soliq qo‘mitasi, O‘zstandart agentligi bilan birga, "Turkuaz" shirkatiga qarashli do‘konlar joylashgan savdo uyiga reyd uyushtirgan edi.

Toshkent shahridagi chinni bozori va temir bozori ham "qora niqoblilar"ning hujumiga uchragan.
XS
SM
MD
LG