Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:18

Qoraqalpog‘istonda fermer sholisini olib chiqib ketmasligi uchun postlar tashkil qilindi


Taxiatosh-Nukus yo‘liga qo‘yilgan qo‘shimcha post.
Taxiatosh-Nukus yo‘liga qo‘yilgan qo‘shimcha post.

Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida shartnoma asosida sholi yetishtirgan dehqonlarga hosilini daladan olib ketishga ruxsat berilmayapti.

Taxiatosh, Xo‘jayli tumanlaridan Ozodlikka murojaat qilgan fermerlarning arziga ko‘ra, Nukus shahriga olib chiqadigan avtomobil yo‘llariga organ xodimlaridan iborat postlar qo‘yilgan.

Fermerlar iddaosicha, bu postlarda faqat tunda katta pora evaziga sholini olib chiqib ketishga ruxsat berilmoqda.

Tuman fermerlar kengashi rahbari bu iddaolarni inkor qilar ekan, yo‘lga postlar qo‘yilganidan xabarsiz ekanligini aytdi.

Тахиатош - Нукус йўлига қўйилган қўшимча пост
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:20 0:00

Ismi sir qolishini so‘ragan taxiatoshlik fermerning Ozodlikka aytishicha, fermerlar o‘zlari yetishtirgan sholisini olib chiqishga yo‘l qo‘ymaslik uchun yo‘llarda postlar tashkil qilindi:

“Xo‘jayli tumanidan Nukusga o‘tar ko‘prik bor, o‘sha yerda bitta post qo‘yilgan, Taxiatosh bilan Nukus o‘rtasida daryodan o‘tgandan keyin yana bitta post turibdi. Bu postlar sentabr oyining 15-20si o‘rtasida tashkil etildi. Maqsad sholi ortilgan moshinalarni o‘tkazmaslik va shunday ham bo‘lyapti”.

Бу пост ҳам (Хўжайли-Нукус автомобиль йўли) шолини ўтказмаслик учун қўйилгани айтилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:15 0:00
Бевосита линк

Sholi ortilgan mashinalarning o‘tkazilmayotganiga shaxsan guvoh bo‘lgan bu fermerning iddaosicha, ma’lum to‘lov evaziga yarim kechasi postdan o‘tib ketish mumkin:

“O‘tgan kuni kechqurun o‘zim guvoh bo‘ldim. Kechasi soat 12dan keyin GAI xodimlari to‘rtta KamAZni postdan ortga burib, qayergadir olib ketishdi. Lekin ba’zi moshinalarni o‘tkazib yuborishdi. Postdan o‘tgan shofyorlar bilan gaplashib ko‘rsam, o‘tish narxi besh million so‘m ekan. Bir KamAZ pritsepi bilan. O‘tgan yili bu narx 3 million so‘m edi. Bu yil esa yana ko‘tarilibdi. Fermerlar o‘zlari yetishtirgan mahsulotni Xorazmga yoki Nukusga olib borib, sotish huquqiga ega emas ekan”.

Bu yo‘lda ham post tashkil qilingan.
Bu yo‘lda ham post tashkil qilingan.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa fermerning aytishicha, garchi u davlatga sholi sotish rejasini bajargan bo‘lsa ham, lekin postdan o‘tolmagan:

“Qo‘limda Xo‘jaylidagi guruch zavodiga sholi topshirib, rejani bajarganim to‘g‘risidagi hujjatim ham bor edi. O‘tkazmadi. O‘tgan yili, Xo‘jayli, Shumanay, Qolliko‘l tumanlarida ko‘pchiliksholi rejasini bajarolmadi. Bu yil esa avval rejani hamma bajarsin, keyin yo‘lni ochamiz, degan shart qo‘yishibdi. Bu adolatsizlik, bajargan ham, bajarmagan ham jabr ko‘ryapti. Menga hozir paxta terimiga naqd pul kerak. Sholini sotishim kerak, naqd pul zaril bo‘lib turibdi. Lekin sholini sotishga ruxsat yo‘q”.

Taxiatosh tumani fermerlar kengashi rahbari Salamat Bekbergenov Ozodlik bilan suhbatda postlar qo‘yilganidan xabarsiz ekanligini aytdi:

“Bu yerda hech qanday muammo bo‘lishi mumkin emas. Hamma fermer o‘zi yetishtirgan mahsulotini bemalol olib chiqib ketadi. Menga bu haqda hech qanday murojaat kelib tushmadi. Paxta terimi vaqtida men biror marta tumanimizdan tashqariga chiqmadim, ikki oycha bo‘lib qoldi. Bu postlarning qo‘yilganidan xabarim yo‘q. Agar fermerlardan sholisini olib chiqib ketishiga to‘sqinlik qilib, pul talab qilayotgan IIB xodimlari bo‘lsa, marhamat, fermerlar menga murojaat qilishsin. Men IIVga yozma murojaat bilan chiqaman. Biz bu holatni qonun doirasida yechamiz, kerak bo‘lsa, sudga tortamiz!”

Ozodlik Qoraqalpog‘iston respublikasining Ichki Ishlar Vazirligi matbuot xizmatiga kun davomida bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi, ammo telefon go‘shagini hech kim ko‘tarmadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida fermerlar yetishtirgan sholini o‘rishga ruxsat bermaslik, ularni daladan chiqarmaslik holatlari avvalgi yillarda ham kuzatilgan.

2015 - yilda Qoraqalpog‘istonda fermer xo‘jaliklari qarzdorligini tugatish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida Beruniy tumanida 60 dan ortiq yuk mashinasiga ortilgan sholi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatilib, maxsus maydonchaga olib kirib qo‘yilganini Ozodlik manbalari aytan edi.

XS
SM
MD
LG