Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:36

Qur‘on yoqilishiga qarshi afg‘onlar namoyishida 22 kishi o‘ldi


Afg‘onistonda AQShdagi pastor tomonidan Qur‘on yoqilishiga qarshi namoyishlar bugun ham davom etdi.

20 mart kuni AQSh ning Florida shatatidagi cherkovlardan biriga yetakchilik qilgan pastor namoyishkorona tarzda Qur‘on nusxasini yoqib yuborgan edi.

Bundan g‘azablangan afg‘onistonliklarning 4 kundan beri davom etayotgan namoyishlari chog‘ida kamida 22 kishi o‘ldirilgani, bular orasida BMT ning 7 xodimi ham borligi xabar qilingan.

AQSh ning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Devid Petreus muqaddas Qur‘on kitobining yoqilishi bu davlatda Toliblarga qarshi koalitsiya olib borayotgan harbiy amaliyotlar missiyasiga mavjud xavfni yanada kuchaytirganidan xavotir bildirdi.
XS
SM
MD
LG