Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:59

"Rahbariyatdagi asabiylikdan darak". Eurasianet Mirziyoyev administratsiyasidagi o‘zgarishlar haqida


“Saida Mirziyoyevaning Prezident yordamchisi etib tayinlangani Shavkat Mirziyoyev ancha zaif holatda qolayotgani, oilasiga tayanayotgani o‘zini mutlaq fidoyi va sodiq odamlar bilan o‘rab olishdan boshqa iloji yo‘qligini ko‘rsatadi”
“Saida Mirziyoyevaning Prezident yordamchisi etib tayinlangani Shavkat Mirziyoyev ancha zaif holatda qolayotgani, oilasiga tayanayotgani o‘zini mutlaq fidoyi va sodiq odamlar bilan o‘rab olishdan boshqa iloji yo‘qligini ko‘rsatadi”

Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi muddatga qayta saylanganidan ikki oy ham o‘tmay, hokimiyatdagi nazoratini mustahkamlash uchun o‘z ma’muriyati tarkibi va tuzilishini sezilarli darajada o‘zgartirdi, deb yozdi Eurasianet nashri O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasidagi oxirgi kadrlar o‘zgarishi haqida.

Prezident administratsiyasidagi o‘zgarishlar, odatda, jamoatchilik nazoratidan tashqarida sodir bo‘ladi. Oxirgi o‘zgarishlar avgust oyi so‘nggi kunlarida e’lon qilindi. Mirziyoyevning matbuot kotibi o‘zining Telegram kanalida tayinlovlar ro‘yxatini e’lon qildi, biroq hech qanday tafsilot bermadi.

Asosiy o‘zgarishlardan biri hokimiyat iyerarxiyasidagi prezidentdan keyin eng qudratli shaxs bo‘lgan Administratsiya rahbari lavozimining bekor qilingani bo‘ldi.

O‘tgan yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda qonli tartibsizliklar ro‘y berganidan ko‘p o‘tmay, lavozimidan chetlatilgan Zaynilobiddin Nizomiddinov o‘rniga sobiq tashqi savdo vaziri va bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov tayinlanganida, ko‘pchilikka bu uning kelgusidagi o‘sishi belgisi sifatida ko‘ringan edi.

G‘arbda tahsil olgan 45 yoshli Umurzoqov O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha muzokaralarga ham rahbarlik qilgan.

Umurzoqov administratsiyaga rahbar bo‘lgach, hududlarda vakillari faoliyatini tashkil qildi, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilib, joylardagi vaziyatni hisobga olgan holda tezkor chora-tadbirlar ko‘rilgani” uning rahbarligida amalga oshirilgan yangiliklardan biri edi.

Nizomiddinovdan farqli o‘laroq, Umurzoqov omma e’tiboridan qochmasdi. U muntazam ravishda yuqori darajadagi hukumat yig‘ilishlarini o‘tkazar va ularda ko‘pincha prezident vazifalarini amalda bajaruvchi sifatida ishlardi.

O‘tgan yil sentabrida sizdirilgan audioyozuvda u Mirziyoyev nomidan bir necha viloyat rahbarlarini jazolagani va ishdan bo‘shatganini e’lon qilgani eshitilgan. Dekabr oyida, energetika inqirozi avjiga chiqqan va aholi noroziligiga sabab bo‘lgan paytda, Umurzoqov sohaga mas’ul amaldorlarni jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitib, matbuotda tilga tushdi.

Ammo bu uzoq davom etmadi, Umurzoqovga eshikni ko‘rsatib qo‘yishdi.

“[Kadrlar va tuzilmaviy o‘zgarishlar] katta ehtimol bilan Mirziyoyevning fikricha, vazifalar bajarilmayotgani, ma’muriyat ishlamayotgani... yoki u xohlagan darajada samarali emasligi bilan bog‘liq. Katta ehtimol bilan bu Sardor Umurzoqov shaxsi bilan ham bog‘liq bo‘lgan. O‘ylashimcha, Mirziyoyev kadrlarni almashtirishdan boshqa yo‘l topolmagan”, deydi Karnegi Rossiya Yevroosiyo markazi xodimi Temur Umarov Eurasianet nashriga.

“Bu shunchaki kadrlar almashinuvi emas, balki ma’muriyatda tuzilmaviy o‘zgarishlar ham bo‘ldi, maqsad bu yerda birorta ham [shaxs] bunchalik katta kuchga, bunchalik vakolat va ta’sirga ega bo‘lmasin”, deya qo‘shimcha qiladi Umarov.

Манбалар: Сардор Умурзоқов президент администрацияси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:03 0:00

Yangi tuzilmada barcha maslahatchilar va yordamchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezidentga bo‘ysunadi, Ularni bog‘lab turuvchi administratsiya rahbari bo‘lmaydi.

Umurzoqov prezidentning yangi tashkil etilgan maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga o‘tkazildi, biroq uning vazifalari aniq ko‘rsatilmagan.

Umurzoqov jamoasining bir qismi administratsiyani butunlay tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rinbosari Sunnatilla Bekenov ishdan bo‘shatildi, uning hududlardagi yordamchilari ishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarqatib yuborildi.

Bu o‘zgarishlardan so‘ng Umurzoqov Mirziyoyev qatnashgan tadbirlarda ko‘ringani yo‘q. Ilgari u prezidentga deyarli hamma joyda hamrohlik qilgan. Yaqinda, shu hafta boshida u Prezident ma’muriyatida kichik biznes muammolarini hal qilishga qaratilgan navbatdagi forum – Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashini tark etdi.

Umurzoqovga eshik ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lsa, Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi Saida ko‘tarildi.

U otasining yordamchisi etib tayinlandi, bu esa uni ma’muriyatdagi eng muhim odamlardan biriga aylantirdi. Bu esa Mirziyoyeva otasining o‘rnini egallashi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni urchitdi.

Mirziyoyeva mansab pog‘onalaridan juda tez ko‘tarildi. Hammasi 2019-yilda, u Prezident administratsiyasi huzuridagi ommaviy axborot vositalarini tartibga soluvchi organ – Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari o‘rinbosari etib tayinlanganidan so‘ng boshlandi.

Mirziyoyeva noyabr oyidan buyon Prezident administratsiyasining kommunikatsiyalar va axborot siyosati departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Saida Mirziyoyevaning Prezident yordamchisi etib tayinlangani Shavkat Mirziyoyev ancha zaif holatda qolayotgani, oilasiga tayanayotgani o‘zini mutlaq fidoyi va sodiq odamlar bilan o‘rab olishdan boshqa iloji yo‘qligini ko‘rsatadi. Oila xiyonat qilmaydi, uning g‘oyalari va manfaatlariga qarshi chiqmaydi”, deydi Umarov.

Umurzoqov jamoatchilik e’tiboridan qochmagan bo‘lsa, Mirziyoyeva bundan zavq oladi. Uning gender huquqlari, ta’lim yoki erkin matbuotning ahamiyati haqidagi bayonotlari muntazam ravishda sarlavhalarga chiqadi.

Uning yangi ishi aniq nimadan iboratligi hozircha noma’lum. Umarov Mirziyoyevaning O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatdagi obro‘sini oshirish tashabbusini eslatib, ishlar avvalgidek davom etishi mumkinligini aytadi.

“So‘nggi o‘zgarishlar Prezident administratsiyasi ichida ham, u va hukumat o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash belgisi bo‘lishi mumkin”, deydi toshkentlik siyosatshunos Sardor Salim Eurasianet nashriga.

Саида давлатда президентдан кейинги иккинчи одамга айланмоқда - манбалар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:51:44 0:00

Ushbu qayta tashkil etish bilan bog‘liq savollardan biri, ayniqsa, ilgari administratsiya rahbari o‘ynagan rolni hisobga olsak, ushbu idoraning qanchalik ta’sirini saqlab qolishidir.

"Avvalgi shakl bilan solishtirganda, qayta qurish administratsiya ta’sirini zaiflashtiradi, ammo bu uning yo‘qolishini anglatmaydi", deydi Sardor Salim.

AQSH senati Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun Jekson-Venik qonunini bekor qiladi

Amerikalik ikki senatorning ta’kidlashicha, Jekson-Venik qonunining «eskirgan» cheklovlaridan voz kechish va AQSHning Markaziy Osiyo bilan munosabatlar «qayta ko‘rib chiqish» vaqti kelgan.

Bu haqda The Diplomat nashri maqola e’lon qildi.

Senatorlar Kris Myorfi (demokrat) va Todd Yang (respublikachi) 7-sentabr kuni Jekson-Venik qonunini Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun bekor qilish va Markaziy Osiyoning uchta davlati o‘rtasida doimiy normal savdo aloqalarini (PNTR) o‘rnatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi.

Agar qonun loyihasi ma’qullansa, AQSH Kongressi Markaziy Osiyo davlatlarining Ukrainadagi urush natijasida ko‘rgan zararini yumshatishi mumkin. Moskvaning mintaqadagi ta’siri biroz kamaygan va bir vaqtning o‘zida Xitoy Markaziy Osiyoga ko‘proq kirib borayotgan bir paytda, Jekson-Venik qonunining bekor qilinishi AQSHning Markaziy Osiyoga xayrixohliga ishoradir.

1974-yilda AQSHda Savdo to‘g‘risidagi qonunga Jekson-Venik o‘zgartirishi kiritiladi. Unga ko‘ra, SSSRni tark etishga intilayotgan sovet yahudiylariga nisbatan cheklovlar tufayli Qo‘shma Shtatlar Sovet Ittifoqi davlatlari bilan normal savdo aloqalarini o‘rnatishni taqiqlaydi. 1991-yilda Sovet ittifoqi parchalansa hamki, Jekson Venik qonuni amalda hozirgacha saqlanib qoldi.

“Қандай ҳукуматга эга бўлиш-ўзбек халқининг иши”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:47 0:00

Yillar davomida ko‘plab mamlakatlarga shartli normal savdo aloqalari imkoniyati berildi. Bir qator davlatlar, jumladan, 1998-yilda Qirg‘iziston, 2012-yilda esa Rossiya emigratsiyani asossiz cheklamaganliklarini isbotlaganidan so‘ng, AQSH bilan savdo aloqalarida ba’zi to‘siqlar olib tashlandi.

Markaziy Osiyoning qolgan davlatlari - Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston uchun cheklovlar saqlanib qoldi.

Vashington Rossiyaga qo‘shni davlatlar bilan ham iqtisodiy, ham siyosiy munosabatlarni mustahkamlash yo‘llarini qidirar ekan, Jekson-Venik qonuni bekor qilish masalasi ko‘tarildi.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning fevral oyida Qozog‘iston va O‘zbekistonga safaridan keyin AQSH senati Tashqi aloqalar qo‘mitasining Yaqin Sharq, Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘limi hamda terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha quyi qo‘mitasi yig‘ilib, Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu va energiya resurslari bo‘yicha yordamchisi Jefri Pyattning hisobotini tingladi.

Quyi qo‘mita raisi Myorfi Luning Bayden ma’muriyati Jekson-Venik qonunini Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonga nisbatan bekor qilinishini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Luning aytishicha, Jekson-Venik masalasi Blinkenning Markaziy Osiyo liderlari bilan o‘tgan har bir uchrashuvida ko‘tarilgan. «Bu mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishonch tuyg‘usiga haqiqiy putur yetkazmoqda», dedi u.

Myorfi Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston Qo‘shma Shtatlar bilan yanada yaqin bo‘lish uchun “inson huquqlari va siyosiy erkinliklar borasida ko‘proq ish qilishi kerakligini ta’kidladi. Uchala mamlakatga PNTR maqomini berish «Qo‘shma Shtatlarga ushbu masalalarni hal qilish uchun ko‘proq imkoniyat beradi», deydi senator.

Myorfining ta’kidlashicha Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikistonga PNTR maqomini berish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qabul qilish orqali AQSH mintaqadagi strategik va iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish imkoniga ega bo‘ladi.

Jekson-Venikning AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo munosabatlariga amalda haqiqiy ta’siri yo‘q, chunki mamlakatlar bilan uzoq vaqtdan beri shartli normal savdo aloqalari o‘rnatilgan. Ba’zilar bu investorlarda ishonchsizlik keltirib chiqarishini aytadi. Markaziy Osiyo va boshqa mamlakatlardagi turli yahudiy tashkilotlari Jekson-Venikni bekor qilishga chaqirgan bo‘lsada, amalda hech narsa qilinmadi. Qonun saqlanib qolindi.

Yevroosiyo yahudiylarini qo‘llab-quvvatlovchi milliy koalitsiya (NCSEJ) bosh direktori Mark B. Levin o‘z tashkiloti Myorfi va Yang tomonidan kiritilgan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashini qayd etdi.

“Har uchala davlat ham, yahudiy fuqarolarni ko‘chishiga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashladi va Jekson-Venik shartlarini bajardi. Mazkur qonunning qabul qilinishi dunyoning tobora muhim bo‘lib borayotgan qismida Qo‘shma Shtatlar va mintaqa davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaydi.
Senator Myorfi qonun loyihasini quyidagicha izohladi.

«Rossiya va Xitoyning Markaziy Osiyoga ta’siri pasayotgan bir paytda, mintaqa bilan Sovuq urush davridan qolgan munosabatlarimizni qayta belgilash uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ldi. Bu qonun bizning iqtisodiy manfaatlarimizni ilgari surib, Qo‘shma Shtatlarning Markaziy Osiyo bilan munosabatlarini XXI asrga olib kirishga sodiq ekanligi haqida aniq signal beradi».

Yang ham bu borada o‘z fikrini bildirdi

«Bizning qonun loyihamiz Markaziy Osiyodagi muhim davlatlar bilan ikki tomonlama va mintaqaviy munosabatlarimizni chuqurlashtiradi. Biz mintaqadagi muhim resurslardan foydalanish va mintaqada farovonlikni oshirish yo‘lini ta’minlashga intilayotgan bir paytda bu ayniqsa ahamiyatli». Ushbu qonun loyihasi savdo aloqalarini mustahkamlaydi, xalqaro bozorga kirishni kengaytiradi hamda mintaqaning Xitoy va Rossiyaning zararli ta’siriga qarshi tura olish imkoniyatini oshiradi.
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Tojikiston uchun Jekson-Venik qonunini bekor qilish Qo‘shma Shtatlarga hech qanday xarajat talab qilmaydi, aksincha xayrixohlik ramzi o‘laroq ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga turtki berishi mumkin.

XS
SM
MD
LG