Линклар

Шошилинч хабар
27 январ 2022, Тошкент вақти: 23:18

"Raskrutka" qilingan mahkumlar. Mirziyoyev afvining Karimov amnistiyasidan farqi nima?


Inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unov 10 yil umrini O‘zbekiston qamoqxonalarida o‘tkazgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni arafasida “jinoyat sodir etgan, qilmishiga chin dildan pushaymon bo‘lib, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan” 182 nafar shaxsni afv qilishga oid farmonni imzolagan.

Bu haqda Prezidentning Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.

Prezident afvi tartibi bilan tanishib chiqqan, Islom Karimov davrida o‘n yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq siyosiy mahkum, inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unovning aytishicha, afv qilingan shaxs jazodan umuman ozod qilinishi kerak. Ammo bu afvda jazo muddati qisqartirilgani(63 nafar), jazolar yengilrog‘iga almashtirilganini(8nafar) ko‘rish mumkin.

Inson huquqlari faolining fikricha, aynan shunday talablar amnistiya aktida ham aks etgan:

“Islom Karimov davrida faqat amnistiya bo‘lardi, Mirziyoyev davrida esa faqat afv bo‘lyapti. Lekin ikkisi ham bir xil tartibda bajarilyapti”.

Ayni paytda O‘zbekiston qamoqxonalarida jazo muddatini o‘tayotgan, siyosiy ayblovlar bilan qamalgan mahkumlarning taqdirini kuzatib borayotgan A’zam Turg‘unov fikricha, bu afvlar baribir “buyurtma” bilan qamalgan mahkumlarga ta’sir o‘tkazmayapti:

“Texnika fanlari doktori Avaz To‘xtaxo‘jayev oilasidan qariyb 20 kishi qamalgan. Professorning o‘zi 22 yildan buyon o‘tiribdi. Shu insonga afv ham, amnistiya ham biror marta qo‘llanilmadi. Yana Mirsharof Egamberdiyev degan yigit bor. Maktabni oltin medal bilan, diplomatiya universitetini qizil diplom bilan bitirgan. 18 yildan beri o‘tiribdi. Ana chiqaman, deganda yana raskrutka qilib, 10 yil qo‘shib berishdi. Go‘yoki u turmada jinoiy uyushma tashkil qilganmish. Hech mumkin emas, zonada uyushma tugul, guruh ham tashkil qilib bo‘lmaydi. Chunki men ko‘rganman. Agar u jinoiy uyushma tashkil qilgan bo‘lsa, turmaning xodimlarini ham unga qo‘shib qamash kerak. Afsuski bu afvlar millatning ziyoli, olim odamlariga qo‘llanilmayapti”.

A’zam Turg‘unov bilan suhbatni mana bu yerda tinglashingiz mumkin:

Инсон ҳуқуқи фаоли Аъзам Турғунов билан суҳбат.
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:12:57 0:00
Бевосита линк

Prezident matbuot xizmati tomonidan yoyinlangan bayram tabrigida 182 nafar shaxsning qaysi jinoyatlari uchun jazoga tortilganiga aniqlik kiritilgan emas.

Keyinroq Adliya vazirligi afv etilgan shaxslarning 3 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etilganii, 108 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingani, 8 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgani hamda 63 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirilgani haqida ma’lumot tarqatdi.

Qayd etilishicha, afv etilganlarning 6 nafarini chet el fuqarolari, 6 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 9 nafarini ayollar hamda 25 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Ularning qaysi tashkilotga a’zo bo‘lganlari ochiqlanmagan, bu toifa mahkumlarning aksariyati, inson huquqlari tashkilotlariga ko‘ra, Karimov davrida diniy ekstremizmda ayblanib qamalgan va ko‘pincha qiynoq va boshqa noinsoniy muomalaga tutilgan mahkumlardir.

Shu yil oktabrida Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha AQSh Komissiyasi O‘zbekiston qamoqxonalarida diniy-siyosiy ayblar bilan qamalgan 2 mingdan ortiq mahkumni aniqlagani, ulardan 81 nafarining shaxsi tasdiqlanganini aytgan.

Hisobot muallifi, AQSh Kongressining Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha ma’ruzachisi Stiv Sverdlovning qayd etishicha, 81 nafar dindorning aksari qiynoq yoki boshqa turdagi tahqirlarga uchragan.

AQSh komissiyasi Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon siyosiy ayblar bilan qamalgan 50 ga yaqin taniqli mahkumlar ozodlikka chiqarilgani, yana yuzlab dindorlarning qamoqdan ozod qilinganini qayd etgan.

Ammo xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, AQSh va Yevropa Ittifoqi bu mahkumlarni oqlash masalasi hanuzgacha ochiq qolayotganini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG