Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2025, Тошкент вақти: 11:46

Demografik chuqur: "Rossiya aholisi allaqachon ko‘paymay qo‘ygan" - ekspert


Rossiyada yangi qurilgan turar-joy binolarida sotilmagan kvartiralar ulushi 66 foizga etdi. Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan. RBK ma’lumotiga ko‘ra, bu Rossiya zamonaviy uy-joy bozori tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xo‘sh, rossiyaliklar 2022-yilda nega kvartira sotib olmay qo‘yishdi? Sabablar ko‘p. Birinchisi va eng muhimi – demografiya.

“Bugungi kunda demografik vaziyat o‘ta og‘ir. Afsuski, shunday. Buni tan olishimiz, yodimizda tutishimiz va mazkur vaziyatdan kelib chiqqan holda harakat qilishimiz lozim. Rossiya xalqini asrash – bizning eng yuksak milliy ustivor vazifamizdir” – bu so‘zlarni Putin 2021-yil aprelda aytgan. Oradan to‘qqiz oy o‘tib u Ukrainada urush boshlab yubordi. Minglab rossiyaliklar frontda o‘ldi, yuz minglab odam bosqin boshlanganidan so‘ng va safarbarlikdan qochib mamlakatni tark etdi. Biroq urushning demografik oqibatlari hali oldinda. Biz hozir o‘tgan yillar ta’sirini kuzatyapmiz.

“2022-yil biz uchun bu ma’noda anchagina qayg‘uli keldi. 1 mln 300 ming bola, ya’ni har bir ayolga 1,44 ta. Onalik kapitali joriy etilgan 2007-yildan beri bunaqa past ko‘rsatkich qayd qilinmagandi. Ammo vaziyat hali bundan badtar bo‘lishi mumkin. Rossiya Qrimni anneksiya qilgan 2014-yilda tug‘ilish yuqori bo‘lgandi, salkam 2 mln nafar chaqaloq dunyoga kelgandi. Oradan sakkiz yil o‘tib, 1 mln 300 mingga tushib ketyapti. Gaydar instituti demografi Igor Yefremov kelasi yili, 1990-yillardagi kabi “tug‘ilish tubi” qayd etilishini, 2024-yilda esa Ikkinchi jahon urushidan beri mutlaq minimum bo‘lishini bashorat qilmoqda”, deya izoh beradi demograf Aleksey Raksha.

Eng muhim omil – demografik jarlik. Bu 1990-yillardan qolgan meros. Mamlakatda bola tug‘adigan yoshdagi ayollar tobora kamaymoqda, zamonaviy oilalar esa farzand ko‘rishni borgan sari kechiktirishyapti. Yuqoridagi raqamlardan ayonki, Rossiya aholisi allaqachon ko‘paymay qo‘ygan. 1996-yilda mamlakat nufusi 148 million edi. 2007- yilgacha nuqul kamaydi. So‘ngra davlat onalik kapitalini joriy etgach, aholi soni sekin-asta o‘sa boshladi. Biroq keyin kovid pandemiyasi boshlandi, uning ortidan – urush.

Demograf Aleksey Raksha “psixologik shok” holatini, mart oyida inflyatsiya 10 foizga etishi bilan bog‘liq iqtisodiy shokni tilga oladi. “Bu degani, dekabr oyida ikkinchi va uchinchi bolalar tug‘ilishi kamayganini ko‘ramiz”, deydi ekspert.

OzodNazar: Россиядаги оз сонли миллатлар: Путин бизни геноцид қилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:23 0:00

U ko‘plab yosh erkaklar Rossiyani tark etganini ham hisobga oladi. Safarbarlik e’lon qilinishi aholining bezovtaligini oshirib yubordi, deydi. Mutaxassisga ko‘ra, bu farzand ko‘rish uchun juda noqulay shart-sharoit yaratadi. Barcha omillar birgalikda katta “minus” yaratadi. Yil yakunlariga ko‘ra tug‘ilish 10 foizdan ortiq kamayishi mumkin.

Demografiya muammolari bartaraf bo‘lishi uchun rossiyalik har bir oila uch-to‘rttadan farzand ko‘rishi kerak. Rossiya SSVning ayollar reproduktiv salomatligi bo‘yicha bosh mutaxassisi Natalьya Dolgushina shunday degan edi. Biroq demograflar bunaqa o‘sish bo‘lishi uchun shart-sharoit yo‘qligini aytishmoqda.

XS
SM
MD
LG