Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:49

Rossiya G‘alaba bayramiga tayyorlanmoqda. Ammo bayram bu yil odatdagidek  o‘tmaydi


Qizil maydonda G‘alaba bayramiga tayyorgarlik repetitsiyasi. Moskva, may, 2022.
Qizil maydonda G‘alaba bayramiga tayyorgarlik repetitsiyasi. Moskva, may, 2022.

Ukrainadagi urush sabab kelayotgan dushanba Moskvadagi Qizil maydonda har yilgidan kamroq rus tanklari va harbiy texnikalar bo‘ladi. Ammo bayram bilan bog‘liq vatanparvarlik hissiyotlari har doimgidek kuchli bo‘ladi, deya yozmoqda Associated Press agentligi.

Kreml Ukrainadagi janglarni “urush” deb atashdan bosh tortdi va uni “maxsus harbiy operatsiya” deb atadi. Ba’zi kuzatuvchilarning fikricha, prezident Vladimir Putin bayramdan foydalanib, Rossiyaning milliy ishonchini kuchaytirish maqsadida bu operatsiyani nihoyat urush deb e’lon qilishi mumkin.

Rossiyada G‘alaba kunining ahamiyati

Sovet Ittifoqi Ikkinchi Jahon urushida 27 million kishini yo‘qotdi. Rossiya uni Ulug‘ Vatan urushi deb ataydi. Shaharlar va qishloqlarni vayron qilgan urush juda katta iztiroblar keltirdi, millat ruhiyatida chuqur iz qoldirdi.

G‘alaba kuni butun postsovet tarixida kamdan-kam uchraydigan voqea bo‘lib, Kreml bu bayramdan vatanparvarlik tuyg‘usini rag‘batlantirish va Rossiyaning global qudrat sifatidagi rolini ko‘rsatish uchun foydalanib kelgan.

Associated Press agentligiga ko‘ra, bu yil paradda namoyish etilishi kerak bo‘lgan qurol-yarog‘lar xilma-xilligi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada kamligi ham Ukrainadagi og‘ir harbiy harakatlarni aks ettiradi.

"Neo-natsistlarga qarshi kurash"

Putin Rossiyaga tahdid solayotgan "neonatsistlar"ni yo‘q qilish niqobi ostida Ukraina "demilitarizatsiya qilinishi"ni e’lon qildi.

Bu da’voni tasdiqlash uchun Putin va rus rasmiylari Ukrainaning o‘ng qanot guruhlari Ikkinchi jahon urushi paytida natsistlar tomonida bo‘lgan millatchi yetakchilar Stepan Bandera va Roman Shuxevichni maqtab, natsist bo‘linmalarining ramzlaridan foydalanganiga ishora qiladi.

Ukrainaning yahudiy prezidenti Vladimir Zelenskiy Kremlning “denatsifikatsiya” da’vosi ustidan kuldi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Zelenskiy va Adolf Gitler o‘rtasida go‘yoki o‘xshashlik borligi to‘g‘risidagi bayonoti Isroilning keskin tanqidiga uchradi.

Rossiya armiyasi Kiyevdan olib chiqilgan kuchlarini qayta qurollantirib, Donbassdagi eng qobiliyatli va tajribali Ukraina qo‘shinlarini yo‘q qilish maqsadida ularni Donbassga tashladi.

Ammo sharqdagi hujumlar Ukrainaning mustahkam mudofaasiga duch keldi va Kremlning tezkor g‘alabaga bo‘lgan umidlarini puchga chiqardi. Rossiyaning 9- maygacha sezilarli yutuqlarga erishish niyati imkonsizligi ko‘rindi.

Shu hafta bergan intervyusida Lavrov: “Bizning harbiylarimiz o‘z harakatlarini sun’iy ravishda biron bir sana, jumladan G‘alaba kuni bilan bog‘lamaydi”, dedi.

Rossiyadagi urushning qat’iy tarafdorlari Kremlni cheklangan miqdorda kuch tashaganligini tanqid qilib, umummilliy safarbarlikka chaqirdi. Ba’zi G‘arb rasmiylari va kuzatuvchilarining fikricha, Putin 9-mayda rasman urush e’lon qilishi va qo‘shinlar sonini oshirish uchun umumiy safarbarlik e’lon qilishi mumkin.

Ukraina razvedka xizmati rahbari Kirilo Budanov dushanba kuni, Rossiya yashirin ravishda keng ko‘lamli safarbarlikka tayyorgarlik ko‘ra boshlaganini aytdi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov chorshanba kuni bu da’volarni "bema’nilik" deb atadi va rad etdi.

Rossiya rasmiylari Ukrainada faqat ko‘ngilli, shartnoma asosidagi askarlar jang qilayotganini aytdi.

Rossiya armiyasida 1 millionga yaqin harbiy xizmatchilar bor - ulardan 400 ming nafari shartnomaviy harbiy xizmatchilar. 147 ming nafari quruqlikdagi qo‘shinlarda xizmat qiladi. G‘arb rasmiylari Rossiya bosqinchi kuchlarining dastlabki guruhini taxminan 180 000 kishi deb hisoblagan edi.

Хотира ва қадрлаш куними ëки Ғалаба байрами?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:37 0:00

Agar urush davom etsa, Ukrainadagi operatsiyalarni davom ettirish uchun rus qo‘shinlarida harbiylar etishmay qolishi mumkin. Bu esa Kremlni yomon tayyorgarlikdan o‘tgan harbiy xizmatchilarga tayanishga yoki zahiradagilarni chaqirishga majbur qiladi.

Kreml hozirda aynan shu keskin ikki tanlov oldida turibdi. Bu jamoatchilikning noroziligini keltirib chiqarishi va siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG