Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Qirg‘izistonning “Dank” ordeni bilan mukofotlandi.
“Kabar” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 23-dekabr kuni Bishkek shahrida ordenni topshirar ekan, Xayrullo Bozorov Botken va Farg‘ona viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, umuman, qirg‘iz–o‘zbek qardoshligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shganini ta’kidlagan.
48 yoshli Xayrullo Bozorov 2020-yila “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” faxriy unvoni bilan ham taqdirlangan.
U 2015-2020-yillarda Namangan viloyati hokimi vazifasida faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2020-yildan buyon Farg‘ona viloyatiga boshchilik qilmoqda.
Ozodlik avvalroq marhum Islom Karimov tayinlagan oxirgi viloyat hokimi bo‘lmish Xayrullo Bozorov portretiga chizgilar bergan edi.