Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:47

Samarqandda 91 kg geroin ushlandi


O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Samarqandda o‘tkazilgan maxsus reyd natijasida 91 kilogramm geroinni Rossiyaga olib ketayotgan narkoguruh a‘zolarini qo‘lga olishdi.

Uzdaily.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, ikki erkak va bir ayol KIA markali avtomobil yukxonasi va salonida 10 qop piyoz orasiga berkitilgan 91 kg geroinni Tojikistondan O‘zbekiston orqali Rossiyaga yetkazishni rejalashtirishgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilib, tergov-surushtiruv ishlari boshlangan.
XS
SM
MD
LG