Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:48

Sardoba bo‘yicha yopiq mahkama "davlat sirlari" bilan bog‘liq - Oliy sud


Prezident Mirziyoyev Sardoba suv ombori loyihasi muallifi, “O‘zbekgidroenergo” AK boshqaruvi raisi va senator Abdug‘ani Sanginov bilan hodisa sahnida. Sanginov to‘g‘on yorilishini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasi a’zosi bo‘lgan - Prezident Matbuot Xizmati
Prezident Mirziyoyev Sardoba suv ombori loyihasi muallifi, “O‘zbekgidroenergo” AK boshqaruvi raisi va senator Abdug‘ani Sanginov bilan hodisa sahnida. Sanginov to‘g‘on yorilishini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasi a’zosi bo‘lgan - Prezident Matbuot Xizmati

O‘zbekiston Oliy sudi Sardoba fojeasi yuzasidan Toshkentda boshlangan mahkama jarayonining maxfiylashtirilganini "davlat sirlari" bilan izohladi.

Oliy sud matbuot xizmati 25 - dekabr kuni tarqtagan rasmiy axborotda aytilishicha, "ushbu jinoyat ishi bevosita davlat sirlari bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi 1-qismi talablariga muvofiq yopiq tarzda ko‘rilmoqda".

Dushanba kuni Sardoba to‘g‘onining o‘pirilishi yuzasidan Toshkentda boshlangan yopiq mahkama jarayoni haqida Ozodlik 24 - dekabr kuni xabar bergandi.

Oliy sud xabarida aytilishicha, sudlanuvchilar M. Xolmatov (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ “Gidrotexnik inshootlar qurish direksiyasi” boshlig‘i lavozimida ishlagan) va boshqalar (jami 17 kishi) ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 203-moddasi (suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish), 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 258-moddasi (tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlik aybi qo‘yilgan.

Ozodlik manbalariga ko‘ra, hozircha ilk mahkama 21 - dekabr kuni bo‘lgan va faqat 2 yarim soat davom etgan. Manbalar ish materiallari yopiq sudda ko‘rila boshlagani, sudlanuvchilarning qarindoshlari ham mahkamaga qo‘yilmayotganini bildirdi.

Сардоба фожиаси сабабларини сув омборини қурган Сангиновнинг ўзи тафтиш қилади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:21 0:00

Ismi sir qolishini istagan mahkama advokatlaridan biri 20 dan ortiq advokatning har biridan jinoyat ishi tafsilotlarini sir saqlash haqida tilxatlar olinganini iddao qildi.

Jinoyat-protsessual kodeksi talablariga muvofiq, inson sha’ni-qadr qimmati, davlat sirlariga taalluqli bo‘lmagan jarayonlar ochiq sudlarda ko‘rilishi lozim.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur jinoyat ishi umumiy jinoyat ishining protsessual tartibda ajratilgan bir qismidir. Jinoyat ishining boshqa qismlari yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, dastlabki jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zarar miqdori 45 milliard so‘mdan ortiq bo‘lib, jinoyat ishi figurantlari mazkur zararning bir qismini qoplagan.

Sud majlisi 28 - dekabr kuni davom ettirilishi aytilgan. Unda Bosh prokuratura Korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan belgilangan davlat ayblovchisi sudlanuvchilarga nisbatan ilgari surilayotgan ayblov xulosasini o‘qib eshittirishi kutilmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov 6 - oktabr kuni bergan bayonotida, hozirgi vaqtda tergov organi tomonidan to‘g‘onning loyihalanishi, qurilishi, ekspluatatsiya qilinishi, davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmagan hajmda suv to‘planishi jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishi holatlariga dahldor 17 nafar shaxs tergov qilinayotganini bildirgan edi.

Bu shaxslar orasida “Sirdaryo suv qurilish invest” DUK, loyihachi “UzGip” MChJ, bosh pudratchi – “O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK, pudratchi tashkilotlar “Rezaksoy suv qurilish” UK, “Omad Dubl” MChJ, “Sariosiyo qurilish” MChJ, “Trans Servis Kompleks” MChJ, “To‘palang Sherobod” ShK, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekspluatatsiya direksiyasi mansabdorlari borligi aytilgan.

Tergovga jalb etilganlarning 7 nafariga qamoqqa olish, 6 nafariga garov, 4 nafariga munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi qo‘llangan.

“Jinoyat ishi doirasida tegishli idoralarning malakali mutaxassislaridan iborat komissiya tomonidan o‘lchov va taftish ishlari davom ettirilmoqda. Aybdor shaxslarni aniqlash bilan birga yetkazilgan zararning qoplanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, degandi Akmal Burxonov.

1 - may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining buzilishi oqibatida Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan, 1781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan.

Uylari buzilganlar orasida hanuz boshpanasiz yashayotganlari talay va ularning bir guruhi, 1 - oktabr kuni Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, "Do‘stlik" mahallasida yashovchi sakkiz fuqaro O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov qabuliga yettinchi marta arz qilib borgandi.

Sardoba toshqinida uylari vayron bo‘lgan bir guruh fuqarolar hukumat va’da qilgan 40 million so‘mlik yordam puli va uy-joy o‘zlariga berilmaganidan shikoyat qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG