Линклар

Шошилинч хабар
16 июн 2021, Тошкент вақти: 12:43

“Sardoba”da uy qurdik, ammo olti oydan buyon pulimizni ololmayapmiz”


Jaloliddin Egamnazarov, o‘zlari tomini yopgan uylar rasmini jo‘natdi

Toshkent shahridagi “Nurafshon ta’mirlash” firmasi bilan shartnoma tuzib, Sirdaryo viloyat, Sardoba tumanida yangi uylar qurilishida ishlagan Jaloliddin Egamnazarovning arz qilishicha, ular o‘tgan yilning avgust oyida ishini tugatgan bo‘lsa-da, shu paytgacha ish haqini to‘liq ololmagan.

“Сардоба”да ишлаган пулимизни ололмаяпмиз”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:00 0:00
Бевосита линк

“Biz avval Toshkent shahridagi “Nurafshon ta’mirlash” firmasida ishladik, keyin Sardobada ish bor, deb to‘rt kishidan iborat brigadamni o‘sha yoqqa 20 - may kuni jo‘natishdi. Keldik, tom yopdik, kottejlar atrofini aylantirib kafel terib chiqdik, oshxona va molxonalar qurilishini qildik. Xullas, 38 million so‘mlik ish bajardik. Shundan 12 million so‘mi qolgan. Hozirgacha sarson qilib, bermayapti. Bu to‘rt kishining haqi. Toshkentga, firmaga bir necha marta bordim. Ana bu oy, ana keyingi oy deb cho‘zib yurishibdi. Olti oydan buyon shu ahvol. Biz qurgan uylarga esa odamlar allaqachon kirib yashayapti”.

Ustalar o‘zlari ko‘chada yashab, qurilishda ishlagan.
Ustalar o‘zlari ko‘chada yashab, qurilishda ishlagan.

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG