Линклар

Шошилинч хабар
14 июн 2025, Тошкент вақти: 22:17

Shvarsenegger nikohsiz tug‘ilgan bolasi borligini tan oldi


AQShning Kaliforniya shtati sobiq hokimi Arnold Shvarsenegger o‘n yil oldin uyidagi xizmatkorlaridan biri o‘zidan nikohsiz farzand ko‘rganini tan oldi.

Janob "Terminator"ning aytichisha, bola unikiligini u faqat bola tug'ilganidan so'ng bilgan va ancha vaqtdan beri unga moliyaviy yordam berib kelgan.

Shvarsneggerdan bola ko'rgan uy xizmatkorining ismi Mildred Partisia Bayena. U hozir 50 yoshda. Patrisia, yoki qisqacha Petti, Shvarsneggerlarning 11 million AQSh dollariga teng saroyida haftasiga 1200 AQSh dollarlik maoshga ishlab kelgan.

Uy xizmatchisi Mildred Partisia Bayena "Terminator"ning Kaliforniya hokimligi kursisini tark etgandan so'ng ishdan ketgan edi.

10 yilgacha nikohsiz tug'ilgan farzandi borligini yashirib kelgan Arnold Sharsnegger bu haqda rafiqasi Mariya Shiverga bundan bir necha hafta oldin aytgan. Mariya Shrayver bu xabardan so'ng saroyni tark etgan edi.

Shvarsenegger nikohsiz tug'ilgan farzandi borligini rafiqasi Mariya Shrayvyer bilan ajrashayotganini e‘lon qilganidan keyin oshkor qildi.

Shvarsenegger Shrayvyer bilan 25 yildan beri nikohda yashab kelayotgan edi.
XS
SM
MD
LG