Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:51

"Nashi" Sobir Rahimov haykali joyidan olinishiga norozilik bildirdi


Buldozerlar sobiq Sovyet generali Sobir Rahimovnig hayhali turgan pyedestalni buzishmoqda.
Buldozerlar sobiq Sovyet generali Sobir Rahimovnig hayhali turgan pyedestalni buzishmoqda.
Kreml tomonidan dastaklanadigan Rossiyadagi "Nashi" yoshlar harakati kecha O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi oldida norozilik uyushtirdi.

"Nashi" harakatining bunday noroziligiga Toshkentda sobiq Sovyet generali Sobir Rahimovga o‘rnatilgan haykalning olinishi sabab bo‘ldi.

- Toshkentda ulug‘ vatan urushi qahramoniga o‘rnatilgan haykalning olib tashlanishi munosabati bilan bu norozilikni o‘tkazdik. Qandaydir generalga o‘rnatilgan haykal ekan, ismi qanaqaligini eslolmayman, oltita buldozer bilan bu haykal buzilgan ekan. Shunga norozilik bildirdik,- dedi "Nashi" vakili Anostasiya Federenko.

Avvalroq o‘zbek rasmiylari general Sobir Rahimov haykali buzilmagani, balki u G‘ofur G‘ulom bog‘iga o‘tkazilayotganini aytgan edi.

O‘tgan yili Toshkentda boshqa bir sho‘ro askari haykalining olib tashlanishi ham "Nashi" faollarining noroziligiga sabab bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG