Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:27

Sony xakerlar hujumiga uchradi


Sony korporatsiyasining 26 aprel kuni ma‘lum qilishicha, 17 va 19 aprel kunlari oralig‘ida PlayStation Network tarmog‘iga xakerlik hujumi sodir etilgan va hujum oqibatida tarmoqdagi millionlab foydalanuvchining shaxsiy ma‘lumotlari o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin.

Sony mulozimlari xakerlik hujumi natijasida foydlanuvchilarga tegishli elektron pochtalarning maxfiy parollari, kredit kartalar egalarining shaxsiy ma‘lumotlari ham o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirdi.

PlayStation Network tarmog‘ining 77 million foydalanuvchisi bo‘lib, tarmoq turli xil o‘yinlar, musiqa va filmlari bilan mashhur.

Eslatamiz, 23 aprel kuni PlayStation va kompakt diskni (CD) ixtiro etgan Sony shirkatining bosh maslahatchisi va sobiq rahbari Noria O'xga olamdan o'tgan edi.
XS
SM
MD
LG