Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:43

Sun’iy yo‘ldoshga qarshi Rossiya sinovi fazo uchun nimani anglatadi?


15 - noyabr kuni fazoda paydo bo‘lgan qoldiq jismlar uyumi yaqinlashgani ortidan NASA Xalqaro fazo stansiyasining uxlab yotgan 7 kosmonavtini uyg‘otishga majbur bo‘ldi.
15 - noyabr kuni fazoda paydo bo‘lgan qoldiq jismlar uyumi yaqinlashgani ortidan NASA Xalqaro fazo stansiyasining uxlab yotgan 7 kosmonavtini uyg‘otishga majbur bo‘ldi.

2020 - yilning 15 - dekabrida Rossiya hukumati uchuvchilarni mamlakatning Laptev dengizidagi havo bo‘shlig‘iga yaqin yo‘lamaslik haqida ogohlantirdi. Mazkur hududdagi “xavfli operatsiyalar va raketa sinovlari!”sabab qilib ko‘rsatildi.

Ogohlantirishdan bir necha kun o‘tib, AQSh rasmiylari Rossiya sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketani sinovdan o‘tkazgani va buning oqibatlari haqida gapirdi. Amerikalik mutaxassislar agarda bu qurol haqiqiy sun’iy yo‘ldoshda sinovdan o‘tkazilsa, fazoga tarqaladigan qoldiqlar tijoriy sun’iy yo‘ldoshlarga xavf tug‘dirishi, va kosmosni ifloslantirishi haqida xavotir bildirdi.

Oradan 11 oy o‘tgach, bu xavotir reallashdi. 2021 - yilning 15 - noyabr kuni yer orbitasidagi halokatli kosmik chiqindilar uyumi xavfli balandlikda paydo bo‘ldi. Shu sabab NASA Xalqaro kosmik stansiyaning yetti kishidan iborat ekipajini uyqudan uyg‘otib¸ ularga ikki soat davomida kemaning xavfsiz joyidan boshpana topishni buyurdi.

Aksariyat mutaxassislar bunday favqulodda holatga Rossiyaning dushman sun’iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan qurolni sinovdan o‘tkazgani sabab bo‘ldi¸ degan fikrda yakdil.

Xalqaro kosmik stantsiyadagi kosmonavtlarni qo‘rqitib yuborgan bu tahdidli vaziyat ortidan Vashington Rossiyani “o‘ylamay qilingan, xavfli va mas’uliyatsiz xatti-harakatlar” va kosmik stansiya faoliyatiga xavf solishda aybladi.

AQSh rasmiylariga ko‘ra¸ vayron bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshdan fazoga 1500 ga yaqin katta bo‘lak tarqagan.

Ko‘p narsa haqida tortishish mumkin. Ammo hamma tan oladigan haqiqat shuki¸ yuqori balandlikda kosmonavtlar hayotiga tahdid soladigan qoldiq jismlar yaratish kerak emas”¸ deydi Rossiya harbiy faoliyati haqida yozib kelayotgan bloger Pavel Podvig Ozodlik bilan suhbatda.

Hozirgacha qilingan rasmiy bayonotlarida Rossiya rasmiylari sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurol sinovdan o‘tkazilgani yoki fazoda qoldiqlar qatlami vujudga kelgani haqida lom-lim degan emas.

15 - noyabr kungi tahdidli voqeadan ikki kun o‘tib Rossiya Mudofaa vazirligi sovetlarning 1987 - yilda orbitaga chiqarilgan "Selina" harbiy radiokuzatuv sun’iy yo‘ldoshi yo‘q qilinganini bildirdi. Ayni paytda¸ bunday sinov natijasida boshqa sun’iy yo‘ldoshlar yoki kosmik stansiyaga xavf tug‘ilgani rad etildi.

1967 - yilda Moskva va Vashington o‘rtasida yadroviy qurollarni orbitaga olib chiqishni taqiqlash va kosmosdan tinch maqsadlarda foydalanish to‘g‘risida shartnoma imzolangan. Biroq shartnoma sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi maqsadli hujum uyushtirish yoki sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazishni taqiqlagan emas.

XS
SM
MD
LG