Bugun Xalqaro futbol federatsiyasiga yangi rahbar saylash jarayoni boshlanishi kutilmoqda.
Saylovda faqat Zepp Blatterning nomzodi qolgan. Blatter FIFAning amaldagi rahbaridir.
Kecha u tashkilot inqirozda ekanini rad etdi, biroq korrupsiya ayblovlari tashkilot "obro‘siga katta zarar yetkazgani"ni tan olgan edi.
Syurixda FIFA rahbarini saylash arafasida Britaniya shahzodasi Vilyam Xalqaro futbol federatsiyasiga prezident saylash jarayonini kechiktirish haqidagi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlovchi bayonot bilan chiqdi.
Avvalroq Angliya futbol uyushmasi FIFA atrofidagi korrupsiya bilan bog‘liq janjal bois 1 iyunga belgilangan ovoz berishni kechiktirish kerakligi haqida bayonot bergan edi.