Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:42

Tadqiqot: Rossiya va Xitoy COVID-19 haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatgan


Hisobotda aytilishicha, "Rossiya boshqa davlatlarda keskinlikni kuchaytirish uchun inqirozlardan foydalanish bo‘yicha o‘zining ilgarigi o‘yin qoidasiga amal qiladi".
Hisobotda aytilishicha, "Rossiya boshqa davlatlarda keskinlikni kuchaytirish uchun inqirozlardan foydalanish bo‘yicha o‘zining ilgarigi o‘yin qoidasiga amal qiladi".

Rossiya va Xitoy G‘arbga nisbatan ishonchsizlikni oshirish maqsadida COVID-19 ning kelib chiqishi, kasallikning isbotlanmagan davo usullari va vaksinalar samaradorligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatgan va buni keng targ‘ib qilgan.

Yevropa siyosiy tahlil markazining (CEPA) 2 - dekabrda e’lon qilgan yangi tadqiqoti Xitoy va Rossiya siyosatchilari qo‘llagan strategiyalar hamda bu kampaniyani ikki davlat ommaviy axborot vositalari qanday amalga oshirganiga bag‘ishlanadi.

Tadqiqotga ko‘ra, Xitoy va Rossiya COVID-19 bilan bog‘liq dezinformatsiya va tashviqot markazida turgan bo‘lsa-da, ular alohida strategiyalarga amal qilishgan.

Pekin o‘zining ko‘p tilli davlat ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy media platformalari, hukumat amaldorlari va ijtimoiy tarmoqlarini butun dunyo Xitoyni pandemiya uchun ayblamasligi uchun va Xitoy virusga qarshi kurashda eng samarali global hamkor ekanligiga ishontirishga safarbar qilgan. Rossiya esa asosan G‘arbning COVID-19 ga qarshi kurashga va sa’y-harakatlariga ishonchni susaytirishga harakat qilgan.

Hisobotda aytilishicha, "Rossiya boshqa davlatlarda keskinlikni kuchaytirish uchun inqirozlardan foydalanish bo‘yicha o‘zining ilgarigi o‘yin qoidasiga amal qiladi". "Xitoy ba’zi narsalarni Rossiyadan o‘zlashtirgan, lekin undan global miqyosda fitna nazariyasini tarqatish, o‘z nomiga dog‘ tushirmaslik maqsadlarida foydalangan."

Rossiya 2016 - yildan beri milliy saylovlarga ta’sir o‘tkazish, noxolis ma’lumotlar tarqatishda xalqaro maydonda yetakchilik qilib kelgan. Biroq, COVID-19 dan so‘ng Xitoy global miqyosda yetakchi o‘rinni egalladi.

Xitoyning keng tashviqoti va dezinformatsiya kampaniyasi G‘arbning virusga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini tanqid qilishdan tortib, virusni jilovlash bo‘yicha o‘z siyosatini himoya qilish va davlatlarni himoya vositalari, vaksinalar bilan ta’minlash borasidagi harakatlarini ilgari surishni o‘z ichiga olgan.

Xususan, Xitoyning "Bo‘ri jangchisi" diplomatiyasi bo‘yicha, bir qancha elchixonalar va diplomatlar G‘arb siyosatiga tajovuz qilish, fitna nazariyalarini tarqatish bilan shug‘ullanib kelishgan.

Hisobot natijalariga ko‘ra, Xitoyning ushbu harakatlari AQSh prezidenti Donald Tramp va yetakchi amerikalik konservatorlar COVID-19 Xitoy laboratoriyasida yaratilgan bo‘lishi mumkin degan fikrni ilgari surganidan keyin tezlashdi.

Bunga javoban Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari va rasmiylari, shu jumladan Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Chjao Litszyan virusning kelib chiqishi haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishni kuchaytirgan.

AQShning Fort Detrik laboratoriyasi Xitoyning bu sa’y-harakatlaridan so‘ng Xitoyda va butun G‘arbda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fevral oyida “Associated Press” to‘qqiz oylik tekshiruvni e’lon qildi, unda Xitoy G‘arb ijtimoiy tarmoqlarida o‘sib borayotgan ishtirokidan foydalanib, AQSh COVID-19 ni bioqurol sifatida yaratganligi haqidagi yolg‘onlarni tarqatish uchun global miqyosda raqamli dezinformatsiya kampaniyasini boshlaganini aniqladi.

May oyida Fransiya va Germaniyadagi influenserlar Moskva nazoratidagi Londonda joylashgan guruh Pfizer-Biontech vaksinasi haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishlari uchun ularga pul taklif qilinganini haqida xabar berdi. Shunindek, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari va rasmiylari G‘arb OAVlarini “Sputnik V”ni yomonlashda ayblab unga qarshi kampaniya boshlagan.

Iyun oyida e’lon qilingan, G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida o‘tkazilgan “Pew Research” so‘rovi shuni ko‘rsatdiki, pandemiya davomida Xitoyga nisbatan salbiy munosabat kuchaygan.

Feysbuk va Instagram’ning bosh shirkati Meta 1 - dekabr kuni Xitoy ta’siriga aloqador 600 dan ortiq akkauntlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qildi, ular AQSh Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkilotiga (JSST) Xitoyni COVID-19 kelib chiqishida ayblash uchun bosim o‘tkazayotganini da’vo qilgan.

Yana bir kuzatilishi kerak bo‘lgan jihat Xitoyning rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan Afrikadagi harakatlari. Xitoy yillar davomida butun qit’ada o‘z ommaviy axborot vositalari keng yoyilishi uchun sarmoya kiritmoqda va endilikda Rossiya ham mintaqaga e’tibor bera boshladi.

"Afrika va Osiyoning ba’zi qismlarida emlashning sekin borishi va vaktsinalar ustidan G‘arbning nazorati u yerda norozilik uyg‘otmoqda. Bu haqiqiy muammo va biror joyda vaziyat yomonlashganda, odamlar tashqaridan keladigan xabarlar va ma’lumotlarni tinglashga ko‘proq moyil bo‘ladi", - deydi hisobot mualliflaridan biri.

XS
SM
MD
LG