Линклар

Шошилинч хабар
21 май 2022, Тошкент вақти: 07:14

The Diplomat: O‘zbekiston janubda yangi savdo yo‘llarini izlamoqda


Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan. 15-iyul, 2021.

Joriy yilning mart oyida hindistonlik savdogar ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali yo‘lladi. The Diplomat nashrining yozishicha, O‘zbekiston uchun janubiy qo‘shnilari orqali savdo yo‘llarini ochish ustuvor siyosatga aylanmoqda.

«Amerika Ovozi» nashriga ko‘ra, yuborilgan yuk asosan Hindistonda yetishtirilgan shakardan iborat bo‘lgan. Yuk dastlab Hindistondan Pokistonning Karachi portiga yetib borgan. Buning ortidan Pokiston orqali Afg‘onistonga yetib borgan va Torxam chegarasidan o‘tib, Kobulga yo‘l olgan. Keyin esa yuk mashinalari Kobuldan Mozori-Sharifga va so‘ngra O‘zbekistonning Termiz shahriga yetib borgan.

Bu yuk tranziti kamtarona bo‘lsa-da, dengizdan olis O‘zbekiston uchun katta o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lishi mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatning Eron va Rossiya savdo yo‘llariga jiddiy qaramligini ozaytirishi mumkin.

O‘zbekiston uchun Rossiya asosiy savdo hamkori hamda jahon bozorlariga asosiy koridor bo‘lib keladi. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo almashinuvi hajmi 7,5 milliard dollarni tashkil etadi. Zamonaviy savdo aloqalari XIX asrga borib taqaladi. O‘shanda chor Rossiyasi avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar va quvurlarni yotqizib, O‘zbekistonni Rossiya bilan ulagan.

O‘zbekiston barcha qo‘shnisida dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan dunyodagi ikki mamlakatning biridir. Shuning uchun mamlakat yirik jahon bozorlarining chetida qolib kelmoqda. Biroq Shavkat Mirziyoyev 2016-yilda hokimiyat tepasiga kelganidan beri O‘zbekiston ushbu muammolarni hal qilish va savdo yo‘llarini kengaytirish bo‘yicha maqsadli chora ko‘rmoqda. Jumladan, keyingi yillarda rasmiy Toshkent janubdagi qo‘shnilariga katta e’tibor qarata boshladi.

O‘zbekiston uchun Pokiston dengiz portlariga chiqish muhimdir. 2022-yilning mart oyida ikki mamlakat o‘rtasida o‘nlab mahsulotlarga tariflarni pasaytirish ko‘zda tutilgan imtiyozli savdo bitimi imzolandi. Ushbu bitimga binoan, ikki davlat umumiy hisobda 34 ta mahsulot uchun bojxona to‘lovlarini 20 – 100 foizga qisqartiradi.

O‘tgan yilning iyul oyida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim ham imzolangan edi. Bitimga ko‘ra, o‘zbek yuk mashinalariga Afg‘oniston orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pokistonning Karachi, Gvadar va Bin Qosim portlariga yuk tashishga ruxsat beriladi. Ya’ni, Afg‘oniston – Pokiston chegarasida yuklarni Pokiston yuk mashinalariga qayta yuklash shart bo‘lmaydi. Shuningdek, bitimda migratsiya qoidalarini yumshatish va haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish ko‘zda tutilgan.

Ushbu bitimlar uchun Afg‘oniston o‘ta muhim, chunki mamlakat O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida joylashgan. O‘tmishda bu uch davlat yirik infratuzilma va savdo loyihalari bo‘yicha hamkorlik qilgan. «Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li bunga yaqqol misoldir. Ammo loyiha jiddiy qiyinchiliklarga duchor bo‘lgan, chunki Tolibonning turli fraksiyalari o‘rtasidagi ichki kelishmovchiliklar hamda Tolibon xalqaro miqyosda yakkamoxov bo‘lib qolgani muammo keltirib chiqarmoqda.

Aftidan, O‘zbekiston uchun Pokiston dengiz portlari Eron portlariga nisbatan afzal. O‘zbekiston ayni damda Turkmaniston orqali Eronning Bandar-Abbos dengiz portidan foydalanmoqda. Biroq Eronga qarshi joriy qilingan sanksiyalar tufayli O‘zbekistonning Eron orqali yangi bozorlarga chiqish imkoniyati sezilarli darajada cheklangan.

Толибон билан хуфия ҳамкорлик. Шартни ким қўйяпти?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:28:50 0:00

The Diplomat maqolasida e’tirof etilishicha, Pokiston dengiz portlariga chiqish O‘zbekistonning boshqa yirik tashvishlari bilan ham bog‘liq. Qozog‘iston va Ukrainada sodir bo‘lgan so‘nggi hodisalar Toshkentda xavotir uyg‘otgan.

Ayniqsa, Ukrainadagi so‘nggi voqealar Mirziyoyevni janubga yuz burishga undadi. Rossiyaga qarshi kiritilgan sanktsiyalar mamlakatning savdo imkoniyatlarini deyarli butunlay falajladi, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekiston iqtisodiyotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Eng yirik yuk tashish kompaniyalari Qora dengiz orqali MDH mamlakatlariga eksportni to‘xtatib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG