Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:07

Tojikistonda qimmatchilik avjiga chiqdi


Tojikistonda go‘sht narxi qimmat, ammo uning sifati past.
Tojikistonda go‘sht narxi qimmat, ammo uning sifati past.
Aholisining 75 foizi qashshoq bo‘lgan Tojikistonda go‘sht bahosi Yevropa davlatlaridagi narhga yaqinlashib qoldi.

Tugab borayotgan hafta davomida Tojikiston bozorlarida bir kilo go‘sht narxi 6.5 AQSh dollariga tenglashdi. Shu kungacha tojikistonliklar bir kilo mol go‘shtini 4 dollardan, qo‘y go‘shtini esa 4.5 dollardan sotib olayotgan edi.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, aholisining qariyib 75 foizi qashshoqlikda kun ko‘rayotgan Tojikistonda go‘sht narxining yana qimmatlashi ko‘pchilik oilalarning bu mahsulotni sotib olishdan tiyilishiga sabab bo‘layotir.

- Avvalgi narxi 22 somoniy bo‘lganda ololmasdim go‘sht. Endiku umuman yaqiniga yaqinlashib bo‘lmaydi. Endi go‘sht yeyish yo‘q. Biror boyning to‘y- po‘yiga borganda go‘sht yeb qolmasak, bu narxda o‘zimiz go‘sht olomaymiz, -deydi Sitora deb o‘zini tanishtirgan bu suhbatdoshimiz.

Ayni paytda Dushanbe shahar hokimligi mas‘ullari shaharliklarga bir qadar yengillik yaratish niyatida shahar bozorlarida go‘sht narxini arzonlatishiga urinayotir.

Shahar hokimi Mahmadsaid Ubaydulloyev qarori bilan bir kilo mol go‘shtining narxi 23 somoniydan yoki taxminan 4.8 dollardan, qo‘y go‘shti esa 5 dollardan etib belgilandi.

Shahar hokimligi ko‘rsatmalariga zid ish tutgan savdogarlar esa ma‘muriy javobgarlikka tortilishi muqarrar.

Boshqa tomondan shahar hokimi Ubaydulloyev janoblari narxlarni tartibga solish maqsadida shahar bozorlariga 4 000 000 million somoniy yoki 850 ming dollar foizsiz qarz ajratdi.

Ajratilgan pulga bozorlar mas‘ullari chorva yoki tayyor go‘sht sotib olishi va shaharliklarni arzon go‘sht bilan ta‘minlashi zarurligi aytildi.

Biroq shunga qaramay, bugun Dushanbe shahar bozorlaridagi go‘sht rastalarining ko‘pi xaridorlar uchun yopib qo‘yildi.

Tojikistonlik qassoblar buning sababini mahalliy hukumat yo‘lga qo‘ygan chora tadbirlar bozorlarini kasod qilib qo‘yayotgani bilan izohlashmoqda.

Bozorlarni mol va qo‘y go‘shti bilan ta‘minlab turgan, ammo ismi oshkor etilishini istamagan tadbirkor yigit go‘sht narxining bu xil qimmatlashishini yonilg‘i va dollar bahosining oshib ketgani bilan izohladi.

O‘z navbatida shaharliklar ham go‘sht narxining sifatiga to‘g‘ri kelmayotganidan shikoyat qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG