Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:41

Tolibon hokimiyatni olganidan so‘ng afg‘on narkotrafigiga nima bo‘ladi?


Nangarharlik dehqon ko‘knordan afyun hozirlamoqda. 2020 - yil 19 - iyun
Nangarharlik dehqon ko‘knordan afyun hozirlamoqda. 2020 - yil 19 - iyun

Toliblarning ilk va’dalaridan biri narkotik moddalar yetishtiruvchilar va narkotrafikka qarshi kurash edi.

Ayni paytda¸ Tolibon guruhi paydo bo‘lganidan beri narkotik moddalar uning asosiy daromad manbai bo‘lib kelgan. Toliblar ko‘pdan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchilarni o‘z panohida saqlab, taqiqlangan moddalarni boshqa mamlakatlarga eksport qilishda ularga ko‘maklashib kelmoqda. Harakatning eng avvalo chegaralar nazoratini qo‘lga olishga intilgani bejiz emas. Mamlakatning deyarli butun perimetrida nazorat o‘rnatganidan keyingina jangarilar Kobulga hujum boshladi.

Endilikda dunyo jamoatchiligini juda qiziqtirayotgan savollardan biri: Tolibon iqtidorga kelgach narkotrafikni yengish va’dasini bajara oladimi, bajarishni xohlaydimi?

Rossiyalik ekspert Andrey Serenkoga ko‘ra, toliblar hali butun mamlakatni bosib olishga ulgurmagan iyul oyida narkotrafikdan kelgan foyda ular byudjetining yarmidan ortig‘ini tashkil qilgan. Rasmiy hokimiyat qochib ketganidan so‘ng, davlat zaxiralari jangarilar ixtiyoriga o‘tishi munosabati bilan, bu ulush kamaygan bo‘lishi mumkin, lekin ko‘pga emas.

Narkotik moddalar ishlab chiqarishdan nafaqat toliblar, balki mahalliy aholi ham manfaatdor. Afg‘onistonda dehqonlar qonuniy mo‘may daromad keltirishi mumkin bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, masalan, ko‘knorning oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan navini umuman ekmaydi.

Qandahor viloyatida yashovchi Muhammad Nodir ismli dehqonning 2018 - yilda yozib olingan intervyusida shunday so‘zlar bor:

“Toliblar bizdan mamnun, chunki dehqonlar yetishtirayotgan afyundan cho‘tal olishyapti. Afyundan keladigan daromad to‘y-ma’raka kabi katta xarajatlarimizni bemalol qoplaydi. To‘y qilish juda qiyin, bir yoki ikki million Pokiston rupiysi kerak bo‘ladi, shuning uchun aksari dehqonlar ko‘knor ekadi, aks holda, tirikchilik qilolmaymiz”, degan edi u.

BMT ma’lumotiga ko‘ra, 2017 - yilda 350 ming nafargacha odam geroin va boshqa narkotiklar tayyorlanadigan modda – afyun ishlab chiqarishda band bo‘lgan. Bular dehqonlar, mardikorlar, qolaversa, haydovchilardir. Darvoqe, 2000 - yillar boshlarida mamlakatda sintetik giyohvand moddalar deyarli ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, so‘nggi yillarda vaziyat o‘zgardi.

“Mediazona. Markaziy Osiyo” nashri jurnalistlari BMTning o‘tgan o‘n yillik davrga oid maxsus hisobotlarini ko‘zdan kechirib, Afg‘oniston rasmiy hukumati 2019 - yilning birinchi yarmida 650 kilogramm metamfetaminni musodara qilganini aniqladi. Qiyos uchun, butun 2014 - yil mobaynida atigi 10 kilogramm ayni modda musodara qilingan edi. “Stopnarkotik” harakati yetakchisi Sergey Polozov buni sun’iy (sintetik) narkotiklar ishlab chiqarishning ham oson, ham arzonligi bilan izohlaydi.

“Bilasizmi, muayyan miqdorda tabiiy modda olish uchun yer, ishchi kuchi, qolaversa, quyosh, suv zarur. Sintetik narkotiklar ishlab chiqarish esa tamoman boshqa gap: katalakdek laboratoriyaga qamalib olib, dunyoning yarmiga yetgulik “mol” tayyorlash mumkin”, deydi u.

Sintetik giyohvand moddalar “masalliq”larini chegaradan o‘tkazish ham nisbatan xavfsiz. Ko‘plab moddalar ayri holida qonunan taqiqlanmagan bo‘lib, laboratoriyada maxsus ishlov berilganidan so‘nggina narkotikka aylanadi. Lekin afg‘onlar yaqinda “efedrin” sun’iy narkotik moddasining tabiiy manbasini topishibdi, deyiladi “Mediazona”ning Markaziy Osiyo xizmati jurnalistlari yozgan maqolada. Bu yerda efedra nomli butasimon o‘simlik nazarda tutilmoqda. U yovvoyi o‘t-o‘lan kabi o‘saveradi.

Endilikda Afg‘oniston nafaqat tayyor narkotik mahsulotlarni, balki sintetik giyohvand moddalar komponentlarini ham eksport qilishi mumkin. Qayerga? Yashirin kimyo korxonalari yaxshi rivojlangan mamlakatlarga. Narkotik moddalar savdosi va iste’moli mavzusida tadqiqotlar olib borayotgan jurnalist Andrey Kaganskix fikricha, Rossiya aynan shunday mamlakatlardan biridir.

“Metamfetaminni nazariy jihatdan Rossiyada ham sintez qilish mumkin. Chunki Rossiyada yirik sintetik narkotiklar ishlab chiqarish sanoati mavjud. Internetda ommalashgan asosiy narkotik moddalarning barchasi Rossiya ichki bozorida tayyorlanadi”, deydi jurnalist.

So‘nggi haftalarda toliblar narkotiklar savdosi va ishlab chiqarishiga qarshi kurashamiz, deb har bir qulay fursatda va’da berishmoqda. Biroq ular 2000 - yillar boshida ham shunaqa va’da berishgandi – natija esa hammaga ma’lum.

XS
SM
MD
LG