Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:43

Toshkentda "Buyuk ipak yo‘li" bekatidagi gul do‘konlar yopildi


Toshkent metrosining “Buyuk ipak yo‘li” bekati tepasidagi gul sotiladigan rastalar yopildi.

Bu haqda Anons.uz nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bu yerdagi rastalar buzilgan va yopilgan bir necha gul do‘konlari shu hududdagi Dunyo supermarketining ikkinchi qavatiga joylashtiriladi.

Shuningdek, bu yerdagi aholi uylari yonida joylashgan garajlarni ham buzib, uning o‘rnida yopiq avtomobil to‘xtash joyini qurish rejalashtirilgani aytilmoqda.

Bu Toshkentda yil boshidan O‘zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar arafasida amalga oshirilayotan buzish va ta‘mirlash ishlarining davomidir.

Bunga qadar Toshkent metrosining Olmazor, Mashinasozlar, Alisher Navoiy kabi metro bekatlari tepasidagi savdo rastalari ham buzilgan edi.
XS
SM
MD
LG