Линклар

Шошилинч хабар
29 сентябр 2022, Тошкент вақти: 06:17

Tovoqsoy koloniyasida mahkum o‘z joniga qasd qilishga urindi. U qiynoqlardan shikoyat qilgan


Tovoqsoydagi 7-son jazoni ijro etish koloniyasi. Toshkent viloyati.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentining Tovoqsoydagi 7-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkum Yakubov Alisher Elmurod o‘g‘li o‘z joniga qasd qilishga uringan.

Shu yilning 25-iyun kuni sodir bo‘lgan hodisa haqida O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Namangan viloyati Chortoq tumanidagi To‘pqayrag‘och mahallasida yashab kelgan 20 yashar Alisher Yakubov muassasadagi ko‘p qavatli binodan o‘zini tashlagan. Mahkum hozirda Toshkent shahridagi maxsuslashtirilgan koloniya (Sangorod)ning tibbiyot bo‘limida davolanmoqda. Tibbiy tashxisga ko‘ra, uning ahvoli "o‘rtacha og‘irlikda".

Sud hukmi o‘qilganda Alisher Yakubov o‘rta maktab bitiruvchisi bo‘lgan.
Sud hukmi o‘qilganda Alisher Yakubov o‘rta maktab bitiruvchisi bo‘lgan.


Yakubovlar oilasi uning muntazam qiynoqlarga tutilgani, zo‘ravonlikka dosh bermagan farzandi joniga qasd qilganini iddao qilmoqda.

Alisherning onasi Nargiza Yakubovaga ko‘ra, er-xotin shu yilning 9-aprel kuni farzandi bilan qisqa muddatli uchrashuvga borgan. Koloniya ma’muriyati mahkumning tug‘ilgan kuni (10-aprel) munosabati bilan uchrashuv muddatini bir kunga cho‘zib bergan.

“Biz 11-aprel kuni uning oldidan ketganimizdan so‘ng Alisherni karserga tiqishibdi. Go‘yo u koloniya tartibini buzganmish. So‘ng o‘g‘limning irodasi butkul singan va joniga qasd qilish bilangina bulardan qutulishni o‘ylab qolgan”, deydi Nargiza Yakubova.


Alisherning otasi Elmurod Yakubov esa "qiynoq buyurtmachilari tashqarida" ekaniini taxmin qiladi. Ota-onaning so‘zlariga ko‘ra, Alisherning jazoni muddatini yopiq turdagi koloniyalarda o‘tkazishga mone’lik qiluvchi bosh miya bilan bog‘liq tibbiy xulosalangan xastaligi ham mavjud.

Ozodlik ixtiyorida Alisher Yakubovning o‘ziga qiynoq qo‘llanilayotgani, tazyiq va ta’qiblar o‘tkazilayotgani haqidagi maktubi nusxasi mavjud.

Alisher Yakubov JIB Namangan viloyati Chortoq tumani sudining 07.02.2020-yildagi hukmi bilan 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. U O‘zbekiston Respublikasi JKning 118, 119-moddalari bilan ayblangan. Sud hukmi o‘qilganda Alisher Yakubov o‘rta maktab bitiruvchisi bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIED ma’muriyati Ozodlikning Alisher Yakubov bilan bog‘liq hodisa bo‘yicha so‘rovini izohsiz qoldirdi.

Yakubovlar oilasining murojaati bilan shug‘ullanayotgan “Ezgulik” inson huquqlari jamiyati mahkumning o‘z joniga qasd qilish urinishi yuzasidan shaffof tekshiruv o‘tkazishga chaqirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021-yil aprelida mamlakatning BMT inson huquqlari kengashiga a’zo bo‘lishi munosabati bilan so‘zlagan nutqida qiynoqlarning o‘tmishda qolganini ta’kidlagandi.

ИИБ ҳибсхонасида қийнаб ўлдирилган эркакнинг оиласи қаровсиз қолди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:09 0:00

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova qiynoqlarga qarshi milliy preventiv mexanizmlar doirasida penitsiar muassasalarda o‘tkazilgan monitoringlarda mutlaqo qiynoq holatlari yo‘qligini aytgan.

XS
SM
MD
LG