Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 03:35

Turkiya parlamentining ilk majlisi janjal bilan boshlandi


Turkiya parlamentining ilk yig‘ilishi muxolifatdagi Jumhuriyat xalq partiyasining 135 deputati va 8 nafar kurd deputati tarafidan boykot qilindi.

Boykotga sabab, hibsda bo‘lishiga qaramasdan, deputat qilib saylangan 3 kishining qamoqdan ozod qilinmagani bo‘ldi.

Turkiya qonunlariga ko‘ra, hibsga olingan bo‘lsa ham, hali sud qarori bilan ozodlikdan mahrum etilmaganlarni deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatish mumkin.

Ular deputat bo‘lgan taqdirda Oliy sud tarafidan ozod qilinishlari lozim bo‘ladi.

Kurdparast partiya raisdoshi Gultan Kishanak maslakdoshlari ozod qilinmagunicha boykot davom etavyerishini aytdi:

- Demokratiya va xalqning siësiy irodasiga qarshi mudoxalaga chiday olmaymiz. To bu muammo o‘z yechimini topmagunga qadar, norozilik tadbirini davom ettiravyeramiz,¸- dedi Gultan Kishanak.

143 deputat tarafidan Turkiya parlamentining boykot qilinishi mamlakat tarixida ilk marotaba kuzatildi.

Bunga javoban so‘zlagan Bosh vazir Erdo‘g‘on muxolif guruhlarni mamlakatda parlament inqirozini yuzaga keltirishga urinishda aybladi.

Turkiya Bosh vaziri Rejab Toyyib Erdo‘g‘onga oid Adolat va taraqqiët partiyasi muammoga yechim izlashni chorshanbaga qoldirdi.

Seshanba kuni faqat bir partiya va bir necha mustaqil deputatlar ishtirokida qasamëd qabul qilindi.

Bosh vazir Rajab Erdo‘g‘on ham qasamyod etgan marosimda prezident Abdulloh Gul ishtirok etdi.
XS
SM
MD
LG