Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:43

Turkmanistonliklar “VPN”dan foydalanmaslik haqida Qur’on bilan qasam ichirilmoqda


Turkmaniston, internet kafe. Ashxobod - 9 - iyun, 2015
Turkmaniston, internet kafe. Ashxobod - 9 - iyun, 2015

Turkmanistonda uyiga internet o‘tkazishni xohlovchi fuqarolar uchun yangi talablar joriy etildi. Xususan, ular Qur’onni ushlab qasam ichishlari kerak bo‘ladi. Bu haqda Ozodlik radiosi turkman xizmati xabar qilmoqda.

Turkmaniston dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri bo‘lib, oddiy fuqarolarning internetdan foydalanish imkoniyati juda cheklangan. Ozodlikning turkman xizmati bir yarim yildan beri uyiga internet o‘tkazishga urinayotgan ayolning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Ozodlik suhbatdoshiga ko‘ra, u internetga ulanishga ruxsat olish uchun bir yarim yil navbatda turgan. Navbati yetganida esa, undan boshqa talablar qatorida, VPN xizmatidan foydalanmaslik to‘g‘risida Qur’on bilan qasam ichishni ham talab qilganlar.

“Holbuki Internetda “VPN”siz hech bir saytni ochib bo‘lmaydi. Nima qilishni bilmay hayronman”, deydi u.

Turkman mulozimlari fuqarolardan qasam ichishni talab qilgan boshqa holatlar haqida ham xabar berilmoqda.

Ozodlik turkman xizmatining eslatishicha, Turkmaniston hukumati shu paytga qadar internetni cheklashning turli usullarini amalda qo‘llab ko‘rgan: mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar sahifalari va VPN-servislar taklif qiluvchi saytlar bloklab qo‘yilgan, pul evaziga VPN-servislarni o‘rnatib beruvchi ustalar qamoqqa olingan, tarmoqda fuqarolar ustidan kuzatuv olib borish uchun chet el texnologik shirkatlari bilan hamkorlik qilingan va hkz.

VPN (“xususiy virtual tarmoq” ma’nosini beruvchi inglizcha birikma qisqartmasi) – IP-manzilni niqoblash orqali tarmoq foydalanuvchilarining konfidentsialligini himoya qilishga va blok qo‘yilgan resurslarga "aylanma yo‘llar orqali" kirishga imkon beruvchi texnologiyadir.

Turkmanistonda fuqarolarga qasam ichirish amaliyoti keng tarqalgan, biroq ilgari ularni mamlakatning birinchi prezidenti, Turkmanboshi deb e’lon qilingan Saparmurat Niyozov yozgan “Ruhnoma” kitobi bilan ont ichishga majbur qilishardi.

"Президент имиджини бузаётган" туркманларга навбатда туриш тақиқланди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:46 0:00

Avgust oyi boshida internet-texnologiyalariga ixtisoslashgan “Comparitech” nashrida chop etilgan hisobotga ko‘ra, Turkmaniston Belarus, Eron, Xitoy, Shimoliy Koreya va Suriya bilan bir qatorda internetni eng ko‘p senzura qiluvchi mamlakatlardan biri sanaladi.

XS
SM
MD
LG