Линклар

Шошилинч хабар
14 июн 2025, Тошкент вақти: 22:34

Twitter o'zbek tiliga tarjima qilinadimi?


200 milliondan ziyod foydalanuvchiga ega bo'lgan va mashhurligi inqilobdan inqilobga ortib borayotgan Twitter mikroblog xizmati endilikda bir necha tillarga tarjima qilinadi. "Yosh to'lqin" tahririyati esa Twitter o'zbekchaga tarjima qilinadimi, degan savolga javob izlashga harakat qildi.

2006 yilda asos solingan Twitter mikroblog xizmati shu kungacha faqat ingliz tilida faoliyat yuritib kelayotgan edi. So'ngi xabarlarga ko'ra, Twitter endi fransuz, nemis, koreys, rus, ispan, turk va indoneziya tillariga tarjima qilinadi. Tarjimaga esa Twitter shirkati alohida tarjimonlarni emas, balki foydalanuvchilarning o'zlarini jalb qiladi.
Twitter - mikroblog xizmati. Undagi har bir xabar SMSga o'xshab faqat 140 belgiga ega bo'ladi. Shuning uchun mobil telefon orqali Twitter bilan foydalanish juda ham qulay.

Qanday qilib, deysizmi? Zamoniy internet olamida "crowdsourcing" degan tushuncha bor va u "internetdagi ommani jalb qilish" degan ma'noni anglatadi. "Crowdsourcing" bilan bir qator yirik internet shirkatlari foydalanishadi. Masalan, Google shirkarining Google Maps internet xaritalar xizmati ham oddiy foydalanuvchilar tarafidan to'ldiriladi. Google faqat sputnikdan olingan suratlarni beradi holos. "Crowdsourcing" internetda ish yutirishning arzon usuli. Foydalanuvchilarning ham boshi ko'kka yetadi, chunki ularga jarayonda qatnashish va tanlash erkinligi beriladi.

Twitterni tarjima qilishga hohlagan ko'ngilli foydalanuvchi o'z hissasini qo'shishi mumkin. Tarjimalar ko'p bo'lib ketsachi, deyishingiz mumkin. Tarjimalar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi, deydi Twitter xodimlari. Chunki foydalanuvchilar o'zlariga yoqgan tarjimaga ovoz berishlari mumkin. Twitter esa eng ko'p ovoz olgan tarjimalarni tanlab, o'sha tildagi saytning yakuniy dizayniga joylashtiradi.

Twitter Markaziy Osiyo tillariga ham tarjima qilinishi mumknimi degan savol bilan biz Markaziy Osiyodagi Yangi Media Instituti rahbari Sergey Makarovga murojat qildik.

Misrda bo'lib o'tgan inqilobda Twitter kabi internetdagi yangi texnologiyalar juda ham katta rol oynadi. Ushbu surat Qohiraning Tahrir maydonida norozilik namoyishlari davomida olindan.
- Twitter hozir faqat 9 tilga tarjima qilinmoqda. Chunki bu tillar Twitterda eng ko'p qo'llanadigan tillardir. Rus tilining o'zida millionlagan foydalanuvchilar bor. Twitter nega endi aynan hozir boshqa tillarga ham o'tmoqchi degan savol tug'ilishi mumkin. Buning javobi oddiy, mening fikrimcha. Twitter 2010 yilgacha eski dizaynda ishlab kelgan. Uning eski dizayni juda ham sodda bo'lib, ingliz tinili yaxshi bilmagan odam ham bemalol u bilan foydalanishi mumkin edi. 2010 yilda esa Twitter yangi, murakkabroq dizaynga ko'chdi. U bilan foydalanish uchun ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Bir nechta dunyo tillariga qilinayotgan tarjima esa til muammosini yechadi. Markaziy Osiyo tillariga esa Twitter hali beri tarjima qilinmaydi. Chunki bizda twitterchilarning soni juda ham oz, deydi Sergey Makarov.

"Yosh to'lqin" tahririyati o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, O'zbekiston ichida Twitter bilan faol foydalanuvchilarning soni mingtaga ham yetmaydi. "Crowdsourcing" qiladigan ommaning o'zi yo'q. Biroq o'sish uchun potensial juda ham katta. Chunki O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ko'ra, 2011 yilning boshida mamalakatdagi internet foydalanuvchilarning soni 7 milliondan ortgan. Ayni damda Twitter ingliz tilida. Agar rus tiliga tarjima qilinadigan bo'lsa, O'zbekistonda ham Twitter rivojlanib ketishi mumkin. Ahir rus tili biz uchun ingliz tili kabi murakkab emas-da...

Siz nima deysiz, aziz mushtariy?
XS
SM
MD
LG