Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:40

"U pora olmaydi": Qozog‘istonda aholi xalq saylagan birinchi shahar hokimidan mamnun


Embaliklarning sobiq maktab direktori Raimbek Musag‘alidan umidlari katta.
Embaliklarning sobiq maktab direktori Raimbek Musag‘alidan umidlari katta.

Qozog‘istondagi Emba shaharchasi hokimi mamlakatdagi ko‘plab hamkasblaridan farqli o‘laroq, Qozog‘istonning qudratli "Amanat" partiyasi bilan aloqasi yo‘q.

Emba aholisining aytishicha, mahalliy amaldorlar orasidagi korrupsiyani tanqid qilgan sobiq maktab direktori Raimbek Musag‘ali o‘tgan oy Qozog‘istonda o‘tgan birinchi haqiqiy saylovda g‘alaba qozongan.

Aholining Ozodlik qozoq xizmatiga aytishicha, Musag‘ali mehnatkash va halol, “pora olmaydigan” inson sifatida obro‘ qozongan.

Aqto‘be viloyati shimoli-g‘arbidagi Mug‘aljar tumanidagi 13 mingga yaqin aholi istiqomat qiluvchi Emba shahridagi namoyishchilar viloyat hukumatidan o‘zlarining nomaqbul hokimini lavozimidan chetlashtirishni talab qilishdi. Keyin esa ko‘pchilik Musag‘alini Embaning yangi hokimi bo‘lishini talab qildi.

13-mart kuni saylovda uch nomzod ishtirok etdi va Musag‘ali mustaqil nomzod sifatida qatnashib 81 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Musag‘alini haqiqatan ham xalq tanladi. Qozog‘istonda erkin va adolatli saylovlar faqat Emba kabi qishloq va kichik shaharlarda bo‘lishi mumkin”, - deydi Musag‘alining saylov guruhi a’zosi Yerqosim Qutjonov.

Qozog‘istonda g‘arblik kuzatuvchilar tomonidan erkin va adolatli deb topilgan saylovlar hech qachon o‘tkazilmagan. Ko‘plab amaldorlar "muxolifat" nomzodlari ishtirok etmaydigan nazorat ostidagi saylovlar orqali saylanadi yoki o‘z lavozimlariga tayinlanadi.

Musag‘ali tarafdorlarining aytishicha, u maktab direktori bo‘lgan 14 yil davomida hech qachon o‘qituvchilarga muhim rasmiy tashriflar oldidan “ixtiyoriy” ko‘cha supurishni yoki davlat gazetalariga majburiy obuna bo‘lishni buyurmagan. Bu Markaziy Osiyoda keng tarqalgan illatlardan biri.

Musag‘ali hatto tuman boshlig‘i o‘rinbosarini “bitiruv imtihonlarini o‘tkazish uchun tumanga kelgan hay’at a’zolari uchun” har bir maktab direktoridan 100 ming tenge (210 dollar) talab qilgani uchun sudga ham bergan .

Qoida emas, istisno

Ko‘pchilik ish izlab viloyat markazi Aqto‘be va tuman markazi Qandiog‘ashga boradi, chunki hududda ishsizlik asosiy muammo hisoblanadi. Ba’zilar oilasini boqish uchun yaqin atrofdagi fermalarda ishlaydi.

Mahalliy aholi shaharchadagi yo‘llar yomonligidan shikoyat qilib, yangi hokimdan chuqurlarni ta’mirlash va eski ko‘prik o‘rniga yangi ko‘prik qurishni so‘ragan.

“Musag‘alini mas’uliyatli rahbar deb eshitdim. Bir kuni maktabida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan qurilish brigadasidan har bir mixni sanab berishni so‘ragan”, - deydi taksichi Suyindiq Japaqov. "Biz undan shahar ishlariga ham xuddi shunday mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishini kutamiz."

Musag‘alining aytishicha, u uzoq vaqtdan beri Qozog‘iston hukumati siyosatini qo‘llab-quvvatlagan, biroq parlament va prezidentlik saylovlarida saylov komissiyalarida ishlaganida ma’lum bir nomzod yoki hukmron partiyaning g‘alabasi uchun “ovozlar o‘g‘irlanayotganini” ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lgan.

Ammo Musag‘ali bir kun kelib butun Qozog‘iston bo‘ylab erkin va adolatli saylovlar o‘tkazilishiga ishonadi. “Adolatli saylovda g‘alaba qozonish uchun nomzodning xalq orasida obro‘-e’tibori yuqori bo‘lishi kerak”, deydi u.

Ayrim ekspertlar Musag‘alining erkin va adolatli saylovda g‘alaba qozonishi istisno, deya baholagan. Chunki saylov Qozog‘istonda yanvar oyida bo‘lgan qonli tartibsizliklardan keyin nozik bir vaqtda bo‘lib o‘tgan.

"Hukumat bu gal saylovda avvalgidek qonunni qo‘pol ravishda buzishdan qo‘rqdi".

Uning aytishicha, rasmiylar o‘z safida Musag‘ali kabi irodali va mustaqil fikrli odamlarni istamaydi. Ular aytganini qiladigan, "ishonchli odamlarni" afzal ko‘rishadi, deydi advokat.

XS
SM
MD
LG