Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:48

Ukrainaga bosqindan so‘ng Rossiyada Putinning reytingi ko‘tarildi. Nega?


Rossiyadagi “Levada-Sentr” nodavlat ijtimoiy tadqiqotlar markazi Vladimir Putin va iqtidordagi partiya reytingiga doir yangi so‘rov o‘tkazdi. So‘rov natijalari so‘nggi oyda hokimiyatni qo‘llab-quvvatlovchilar soni jiddiy oshganini ko‘rsatmoqda. Masalan, prezident Putinni ma’qullovchilar fevralda 71 foizni tashkil etgan bo‘lsa, mart oyida 83 foizga yetgan.

Boshqa siyosatchilardan eng ko‘p mudofaa vaziri Sergey Shoygu hamda so‘nggi bir necha oydan beri shifoxonada davolanayotgan Vladimir Jirinovskiyga nisbatan ishonch ortgan. So‘ralganlarning 69 foizi mamlakatda ishlar yaxshi ketyapti, deb hisoblashini bildirgan. Bu “Levada-Sentr”ning Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan so‘ng o‘tkazgan ilk so‘rovidir.

“Levada-Sentr”ning tadqiqotlar bo‘limi rahbari, sotsiolog Aleksey Levinson “Nastoyashcheye vremya” yoyinida so‘rov natijalariga izoh berdi.

– Professional nuqtai nazardan shuni aytishim mumkinki, mamlakat rahbariyati boshlagan aksiyalar va ularning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi – mana shu ikki omil birgalikda taxminan Qrim qo‘shib olingan paytdagi kabi rossiyaliklarning hokimiyat atrofida uyushishiga olib keldi.

– Ya’ni, bu ikki vaziyatni qiyoslasa bo‘ladi?

– Ha, qiyoslash mumkin. Birinchidan, 2008-yili – Gruziyani sulhga majbur etish amaliyoti o‘tkazilganida Putinning reytingi 88 foizga ko‘tarilgan. So‘ngra, Qrim qo‘shib olinganida u yana 88 foizga chiqdi. Hozir ham reyting ayni nuqtaga qarab intilmoqda. Bu ommaviy idrokning o‘xshash holatlaridir.

Bu yerda muhim jihat shuki, umumiy xursandchilik ta’sirida rossiyaliklarning katta qismi odatdagidan farqli ravishda Putindan boshqalarni ham quvvatlay boshladi. Chunonchi, Davlat Dumasi faoliyati maqbul ko‘rilyapti, holbuki rossiyaliklar unga odatda salbiy baho berishadi. Duma uni to‘satdan yaxshi ko‘rib qolishga loyiq biron karomat ko‘rsatgani yo‘q. Lekin 2014-yilning martida ham shunaqa bo‘lgan edi: hamma baxtiyor bo‘lgach, hatto Duma ham ko‘zlariga yaxshi ko‘rina boshladi.

– Bu ommaviy shodumonlik qanchaga yetadi?

– Gruziyada harbiy amaliyot o‘tkazilgan yili xursandchilik uzoq davom etmagan. Qrim qo‘shib olinishidan paydo bo‘lgan ekstaz uch yilcha saqlangan edi, balki sal ko‘proqdir. Bunaqa narsalar tezlikda yo‘qolmaydi. Hozir ham, deylik, Ukrainadagi “maxsus amaliyot” Rossiya Qurolli kuchlari g‘alabasi bilan tugadi, deb rossiyaliklarni ishontirishsa, baxtiyorlik uzoq davom etadi. Kamida bir necha oy.

– Urush vaqtida bunaqa so‘rovlar o‘tkazish qanchalik to‘g‘ri? Axir istalgan “noqulay” so‘z uchun qamoqqa tushish, noma’lum kimsalardan kaltak yeyish hech gap emas. Odamlar dilidagini tiliga chiqarib javob berishga qo‘rqishmayaptimi?

– Biz taxminan shu to‘g‘rida ham savollar berdik. Rostdan ham, aholining muayyan qismi “odamlar qo‘rqadi”, deb javob beryapti. Paradoksni qarangki, odamlar qo‘rqamiz, deyishdan qo‘rqishmaydi. Umuman olganda, so‘rovlar metodi ishlaydi.

Darvoqe, so‘rovlarda ishtirok etish tugul hatto sotsiologlar bilan gaplashishni ham xohlamaydigan odamlar ham anchagina. Hatto gaplashishdan qo‘rqadigan odamlar bundan ko‘ra jiddiyroq harakatlarga mutlaqo jur’at eta olishmaydi. Shu ma’noda ular jamiyatning eng passiv qatlamidir.

O‘tgan yillar tajribalari shuni ko‘rsatadiki, so‘rovga javob berganlarning natijalarini aholining shu qismiga nisbatan ham taalluqli deb hisoblash mumkin. Bunda eng muhim ma’lumot – maxsus amaliyot munosabati bilan rossiyaliklar qanday tuyg‘ularni his etishganidir. Va bu yerda ikkita holatga to‘qnash kelamiz. Ko‘pchilik – 51 foiz odam “Rossiyadan faxrlanaman”, deb javob beradi. Ammo taxminan shuncha – 49 foiz kishi tushkunlik, esankirash, xavotir, qo‘rquv, vahima, shok holatlarini kechirganlarini aytishmoqda. Ya’ni, bizga javob bermaganlarni ushbu og‘ir emotsional holatlarni yanada ko‘proq his etgan odamlar deb hisoblash mumkin.

Россия зиёлилари: Украинага қарши уруш, бу - шармандалик!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:04 0:00

XS
SM
MD
LG