Линклар

Шошилинч хабар
04 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:49

Uyg‘urlar masalasini ko‘targan tashkilot Qozog‘istonda partiyaga aylanmoqchi. Ammo buning imkoni bormi?


"Atajurt" partiyasini tuzish bo‘yicha tashabbus guruhi shu yil aprelida Qozog‘iston Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgan.
"Atajurt" partiyasini tuzish bo‘yicha tashabbus guruhi shu yil aprelida Qozog‘iston Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlarni topshirgan.

Qozog‘istonda Xitoydagi uyg‘urlar va turk tilida so‘zlashuvchi boshqa etnik guruhlarga qarshi repressiyalarga javob sifatida paydo bo‘lgan "Atajurt" uyushmasi o‘zini hech qachon muxolifat sifatida ko‘rmagan. Ammo ularning so‘zlariga ko‘ra, Pekindagi rejimning ittifoqchisi bo‘lgan Qozog‘iston hukumati ularni aynan muxolif kuch sifatida ko‘radi. Uyushma faollariga rasmiylar ularning siyosiy partiya sifatida ro‘yxatdan o‘tishlariga qarshilik ko‘rsatayotganini aytishmoqda.

2017-yilning kuzida Guljan To‘xtasinning dugonasi zudlik bilan Xitoyga borishi kerakligi va u yo‘qligida bir hafta bolalariga qarab turishni iltimos qiladi.

Bir yil avval qattiqqo‘l Chen Kuanguo Shinjon-Uyg‘ur avtonom provinsiyasining Kommunistik partiyasi kotibi etib tayinlanadi. O‘sha paytga kelib mintaqa aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etuvchi musulmon va turkiy xalqlarga qarshi tazyiqlar kuchaygandi.

Xitoy rasmiylari To‘xtasinning dugonasiga Qozog‘istonga qaytishni taqiqlab qo‘ydi, bir haftalik safar uch oyga cho‘zildi.
AQSH Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2 millionga yaqin uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz va Shinjonning boshqa tub aholisi, asosan musulmon etnik guruhlari a’zolari qayta tarbiyalash lagerlariga olib ketilgan.

Guljan To‘xtasinning o‘zi ham Qozog‘istonda bo‘lsa-da mushkul ahvolda edi.

Guljan To‘xtasin
Guljan To‘xtasin

U hali Xitoy fuqaroligidan Qozog‘iston fuqaroligiga o‘tib ulgurmagan, Xitoyning Olmaotadagi konsulligi esa uning pasportidagi imloviy xatoni tuzatish uchun Xitoyga qaytishini talab qilayotgan edi.
Guljan Xitoyda tug‘ilgan qozoqlarning norasmiy guruhidan yordam so‘raydi. Guruh qarindoshlari Shinjon viloyatida qamalgan odamlarga yordam berish uchun tashkil etilgan.

2017-yilning ikkinchi yarmida uyg‘urlar, qozoqlar va boshqa ozchilik guruhlarning ommaviy qamoqqa olinishi haqida ilk hisobotlar paydo bo‘ldi.

To‘xtasin ham tanishlari qayta tarbiyalash lagerida majburan olib ketilganidan xabar topadi. Avvaliga o‘z muammolari bilan guruhdan yordam so‘ragan To‘xtasin ko‘p o‘tmay o‘nlab odamlarga muammolarni hal qilishda yordam bera boshladi.

Xitoydagi siyosiy lagerlarda majburan ushlab turilgan etnik qozoqlarning qarindoshlari - 2018-yil sentabr.
Xitoydagi siyosiy lagerlarda majburan ushlab turilgan etnik qozoqlarning qarindoshlari - 2018-yil sentabr.

Olmaotada BMT va Qozog‘iston hukumatidan yordam so‘ragan.
Guruhning tinimsiz urinishlari tez orada qozoq rasmiylarining ham e’tiborini tortdi, garchi ular kutilganidek bo‘lmasa ham.
Oradan bir necha yil o‘tib, To‘xtasin va uning yuzlab maslakdoshlari yangi partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Qozog‘iston Adliya vazirligi ariza topshirdi, biroq vazirlik arizani rad etdi.

«Bizda partiya tuzish uchun hamma narsa mavjud. Birinchidan, a’zolarimiz yetarli, ikkinchidan, bizda jamoa va tajriba bor», deydi To‘xtasin.

«Avvaliga ular juda muloyim edi. Meni Olmaota politsiya idorasiga kamida 10 marta choy, kofe ichishga chaqirishgan», deb eslaydi «Atajurt» asoschilaridan biri, hozirda AQSHda quvg‘inda yashayotgan Serikjon Bilash.

Ular mendan: «Nima xohlaysan?» deb so‘rashardi, men esa “Shinjondagi genotsidga chek qo‘yishni xohlayman, deb javob berdim. Keyin esa: «Muxtor Ablyazovni bilasanmi?» deya savol berishdi”.

Sobiq energetika vaziri va taqiqlangan «Qozog‘iston demokratik tanlovi» (DVK) partiyasi rahbari Muxtor Ablyazov Qozog‘iston hukumatini ag‘darish uchun muntazam ravishda norozilik namoyishlarini o‘tkazishga chaqirib kelgan.

Taniqli faol Serikjon Bilash 2019-yil avgust, Olmaota. Otajurt guruhi Qozog‘istonga qochib kelgan va Xitoyga deportatsiya qilinishi kutilayotgan etnik qozoq xitoy fuqarosi Sayragul Sautbay ustidan sud jarayonini ommaga e’lon qilishga yordam berdi.
Taniqli faol Serikjon Bilash 2019-yil avgust, Olmaota. Otajurt guruhi Qozog‘istonga qochib kelgan va Xitoyga deportatsiya qilinishi kutilayotgan etnik qozoq xitoy fuqarosi Sayragul Sautbay ustidan sud jarayonini ommaga e’lon qilishga yordam berdi.

Qozog‘istonning Jarkent shahrida bo‘lib o‘tgan tinglovlardan biridan so‘ng, Bilash va yana bir qancha otajurt faollari diplomatlar e’tiborsiz qoldirgan savollarga javob talab qilib, Xitoyning Qozog‘istondagi diplomatik missiyasi vakillarini ta’qib qildi

Sayragul Sautbay Pekin kasb-hunar o‘rgatish markazlari deb ta’riflagan Shinjondagi qayta tarbiyalash lagerlari haqida ochiq sudda guvohlik bergan birinchi inson bo‘ldi. shundan so‘ng u avgust oyida ozodlikka chiqarildi.

Shu voqeadan keyin guruhga bosimlar kuchaydi.
2019-yil mart oyida guruh rahbari Bilash hibsga olinib, Ostona shahriga olib ketilgan va ekstremizmda ayblangan. U ayblovlarni soxta va siyosiy motiv deb atagan.

Guruhning kompyuterlari musodara qilinadi.
Xalqaro ommaviy axborot vositalarining diqqat markazi Bilashning ishiga qaratila boshlandi.

Sud uning faoliyatini yetti yilga ta’qiqladi.

Qozog‘iston politsiyasi xitoylik qozoq Sayragul Sautbayning qo‘liga kishan solmoqda.
Qozog‘iston politsiyasi xitoylik qozoq Sayragul Sautbayning qo‘liga kishan solmoqda.

Bilash keyinroq Qozog‘istonni tark etib, avvaliga Turkiyaga, so‘ngra xavfsizlik xavotirlaridan sababli AQSHga ketdi. Ozodlikka chiqqanidan keyin u o‘zini «muxolifatchimasman” deya ta’riflagan.

«Dastlab Xitoyga ahamiyat bergandik. Ammo biz tushundikki, Xitoydagi qozoqlar boshiga tushgan barcha baxtsizliklarga qozoq rejimi ko‘z yumgan», — deydi Bilash Ozodlik bilan suhbatda.

«Qaytgan qozoqlarning aksariyati siyosiy jihatdan passiv. Guruhimiz ularga qarindoshlarini ozod qilishga yordam berganida, ular bizga minnatdorchilik bildirishdi. Ba’zan ular bosim ostida va gapirishga qo‘rqishadi. Xitoyda qolgan qarindoshlariga ziyon yetishidan qo‘rqishadi.», deydi Bilash.
Atajurt guruhi arizasini imzolaganlar o‘z ixtiyori bilan partiyaga qo‘shilganliklarini tasdiqlovchi videolarni taqdim qilgan.

Ammo Adliya vazirligi imzo qo‘ygan 700 kishining ba’zilari boshqa partiyalarga ham a’zo bo‘lganini vaj qilib arizani rad etdi.

Shundan so‘ng «Atajurt» arizasiga imzolaganlarga nisbatan a’zolikdan chiqish uchun turli bosim va qo‘rqitishlar bo‘la boshlagan.

«Biz Qozog‘istondagi barcha etnik elatlarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilamiz va ularning tengligini tan olamiz, iqtisodiy manfaatlarini himoya qilamiz», deydi guruhning hozirgi rahbari Bekzat Maqsutxonuli.

Xitoy prezidenti Si Szinpin va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev.
Xitoy prezidenti Si Szinpin va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev.

May oyida Maqsutxonuli Xitoy va Qozog‘istonning vizasiz kelishuviga qarshi chiqish niyatini e’lon qilgani uchun hibsga olinib, 15 sutkaga qamaldi.

Uzoq muddatli istiqbolda Otajurtning umumiy ustuvor yo‘nalishi “mamlakatdagi vaziyatni gullab-yashnagan demokratiya yo‘nalishiga o‘zgartirishdir.... Shunda Xitoy biz bilan haqiqiy muloqot qilishga majbur bo‘ladi”, dedi Maqsutxonuli.

“Ammo hozirgi rejimga mustaqillik kerak emas. Agar ularga Xitoyning bir viloyati sifatida hokimiyatni saqlab qolishlari mumkinligini aytilsa, ular buni mamnuniyat bilan qabul qilishadi”, deydi u.

XS
SM
MD
LG